Eng mashxur video playerlar

Kunimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurgan audio/video fayllarni ko'rish uchun ko'plab playerlar mavjud. Kimgadur unisi yoqadi, kimgadur bunisi yoqmaydi. Ushbu maqolada men o'zimga yoqqan ba'zi video playerlarni sanab o'taman. Xullas, boshladik:


VLC Player1. VLC Player - erkin va ochiq kodli dasturiy ta'minotlardan bo'lmish ushbu player bepul bo'lishidan tashqari barcha mashxur OTlarda ishlaydi. Bu OTlarga Windows, Mac OSX, BeOS, Syllable, Linux'ning ko'plab distributivlarini (Debian/Ubuntu/Fedora/Mandriva/openSUSE/Red Hat/Slackware...) misol qilish mumkin.


VideoLAN MPEG, DIVX, AVI, MP4, MOV, 3GP, OGG, FLV, WMW, MIDI, ASF, Indeo video va boshqa ko'plab video fayllarni hech qanday qo'shimcha kodeklarsiz chala oladi. Bundan tashqari video fayllar uchun chiqarilgan ost-matnlar(subtitles)ni ham ko'rsatadi. VLC Player yordamida onlayn uzatilayotgan videolarni ko'rish, komputerga saqlab olish mumkin.

VLC Playerni hozirgi kundagi eng oxirgi versiyasini 0.9.4 (14 MB) VideoLAN saytidan bepul saqlab olishingiz mumkin.




GOM Media Player2. GOM Media Player - Karis programmistlari tomonidan ishlab chiqarilgan bepul, Windows OTda ishlaydigan video playerdir. GOM player AVI, MPG, MPEG, DAT, WMV, ASF, ASX kabi video formatlarni chala oladi va xatto DVD-sifatli videolarni 5.1 audio kanal bilan ko'rishga imkoniyat beradi.

GOM Media Player ko'plab mashxur (XviD, DivX, FLV1, AC3, OGG, MP4, H263 va boshqa) kodeklarni qo'llaydi va qo'shimcha kodek o'rnatishga hojat qoldirmaydi. Mabodo video fayl playerda mavjud bo'lmagan kodek bilan qisilgan bo'lsa, player mazkur kodekni ma'lumotlar bazasidan izlab topib, uni qanday o'rnatish kerakligigacha yo'l-yo'riq ko'rsatib beradi.

GOM Playerning hozirgi kundagi eng so'nggi versiyasi 2.1.9.3754 (5.57 MB), uni playerning saytidan saqlab olishingiz mumkin.



Media Player Classic3. Media Player Classic juda ham kichik hajmli video player bo'lib, Windows 2000/XP/Vista da ishlaydi. Microsoft Windows'ning o'zida mavjud bo'lgan media player uchun juda ham yaxshi alternativ hisoblanadi.

Yuqorida sanab o'tilgan ikki video player kabi MPC ham ko'plab formatdagi videolarni chala oladi. Jumladan MPEG, DIVX, AVI, DAT, WMV, ASF va hakozo. Media Player Classic'dan DVD player sifatida ham foydalanish mumkin. Bundan tashqari QuickTime (MOV) hamda RealVideo/RealMedia (RM) fayllarni ham chala oladi.

MPC'ning VLC playerdan ustun tomoni RealVideo'larni chala olishi bo'lsa, GOM Player'dan ustun tomoni EOKDT'dan ekanligidir.

Media Player Classic'ning hozirgi kundagi eng so'nggi versiyasi 6.4.9.1 (1.98 MB!!!), uni proektning SourceForge'dagi saytidan saqlab olishingiz mumkin.

Comments

  1. Ushbu postda aytib o'tilgan barcha playerlardan foydalanaman. DVD disklarni ko'rish uchun Media Player Classicdan, boshqa barcha video fayllar uchun esa VLC playerdan foydalanaman.

    ReplyDelete
  2. Shuhrat Dehkanov25/10/08 05:37

    Ro'yxat hali tugallanmagan :)

    ReplyDelete

Post a Comment

Gapdan oling :)