Artel Sentinel X bilan 3 kun

Mart oyining oxirida tanish-bilish akalar yordamida Artel kompaniyasining yangi smartfoni Sentinel X'ni sotib oldim. Telefon Koreyaga yetib kelguncha salkam 1 oy vaqt o'tdi.



Telefonni ilk qo'limga olganimda "Qoyil", dedim, "Kutganimdan ancha yaxshi ekan". Xatto, SIM karta slotiga vaqtinchalik SIM karta solib, "Yuqoriga qarating" deb yozib qo'yishgani aparatni yasashda qanchalik detallarga e'tibor berilganini bildirib turar edi.


Telefon yetib kelishidan avval Koreya operatorlarida ishlamay qolmasmikan degan andisham bor edi. Bejiz xavotirga tushgan ekanman: SIM kartamni aparatga qo'yib 2 marta o'chirib-yoqishim bilan ishlab ketdi.

Telefon foydalanuvchi interfeysi to'liq O'zbek tiliga tarjima qilingan, ammo juda ham ko'p yerlarni kontekstni hisobga olmasdan so'zma-so'z tarjima qilib ketilgan. Har holda, Akmal Xushvaqov kabi kompyuter programmalari interfeysini tarjima qilishda tajribaga ega usta tarjimonlardan maslahat olishmagani yaqqol ko'rinib turibdi.







Batareya, mening foydalanish tempimda, bir kunga bemalol yetdi. Ammo umuman ishlatmagan vaqtimda ham telefon chastotasi uchun ko'plab energiya sarflashi biroz ko'ngilni xira qildi. Bu har holda aparat Koreyada ishlatishga to'liq moslashtirilmaganidan bo'lsa kerak.



Sentinel X ilk e'lon qilinganda faqat 8 GB ligi sotuvga chiqqan edi. Ataylab 16 GB ligi chiqquncha kutib, shu versiyasini sotib olgan edim. Afsuski, Artel bu borada yo ishni to'g'ri qilishmagan yoxud foydalanuvchilarni hech tap tortmay aldamoqdalar.


Bo'sh vaqt tugamoqda! :)
Garchi telefonda foydalanish mumkin bo'lgan joy 10.94 GB deb ko'rsatilayotgan bo'lsa-da, bu bo'sh joy aslida tashqi (SD karta) xotirasidir. Ya'ni, masalan, Samsung telefonlariga tashqi SD karta solib ishlatasiz-ku? Xuddi shunga o'xshash oddiy tashqi xotira. Bu 10 GB joy to'lguncha programmalar o'rnata olishga imkon bo'lmaydi, degani. Kundalik foydalanadigan programmalarni birma-bir o'rnatib borish mobaynida, 3 kun bo'lmasdan "chegara"ga yetib borib qoldim.




Buyruq satri orqali "df" komandasini bajarish quyidagicha natija berdi:


E'tibor bering, /system qismiga atiga 1 GB joy ajratilgan; 11 GB joy esa SD karta! Nima uchun zamonaviy Android tizimlari kabi SD kartani emulatsiya qilib sistemaning (system) bir qismi sifatida ko'rinadigan qilishmaganini tushunmadim. Balki buni quyidagi tasvirdagi "USB xotira" funksiyasini qo'sha olish uchun qilishgandir, ammo, menimcha, bu funksiya telefonda istalgancha programmalar o'rnata olishni chegaralashga arziydigan fazilat emas.


Xullas, 3 kun deganda Sentinel X o'z vazifasini bajarib bo'ldi. Afsus.

Comments

  1. Our ladies are additionally exquisite and developed who will regard you as their Escorts Service in Agra lord when you are investing energy with them.Escorts Service in Agra We are certain that the time you go through with your Escorts Service in Agra woman will be the best time that you have had in as long as you can remember.Escorts Service in Agra So what are you sitting tight for the time being? Look at our Escorts Service in Agra and make your appointments Escorts Service in Agra to guarantee that you are additionally making an incredible most.

    ReplyDelete

Post a Comment

Gapdan oling :)