Thetan IX

Complexity (by nerovivo)



Oyimning avlodi qishloqda tug’ilib o‘sganliklari sababli, men ular uchun "shaharlik" edim. Yoshligimda amakimlarnikiga tushganimda esa shaharlik qarindoshlar, do‘st-u tanishlar qishloq shevasida gapiraganimni masxara qilishardi. Bunisi mayli-ku, bir kun "Uncle Ben's" deb chaqirishni boshlashdi yaramaslar...



Jazirama chilla issig’ida holalarimni orqamdan yetkazmay baqirtirib, ko‘cha changitib yurardim. 40-45 daraja issiqlikka o‘rganib ketgandim. East Coast ning 85-90 Farengeyti (30-35 daraja Selsiy shkalasi bo‘yicha) terlatib, suv qilib tashlardi. Majburiy tekinxo'rlik qilayotganimga 20 kuncha bo‘lib qolgandi. Qarzga olingan 500$ ning ham ha demay tagi ko‘rina boshladi (ijara haqqi, yeb-ichish, transport chiqimlari). Har kuni ertalab kutubxonaga borib, interenetdan ish qidirishni, kutubxonadan chiqib, kuniga bitta katta ko‘chani tanlab olib, boshidan boshlab qanday mahkama bo‘lishidan qat’iy nazar kirib, ish bor-yo‘qligini so‘rashni odat qilib oldim. William and Mary Universiteti joylashgan eng katta ko‘cha – Richmond Road mening birinchi o‘ljamga aylandi. Bed & Breakfast lar (2-3 odamlik uyda joylashgan mehmonxonalar), Books-a-million, Bloom, Days Inn, qoravoylarning mashina disklari sotadigan do‘koni (kiraverishdan to hojatxonasigacha Bob Marley rasmlari ilingan/yopishtirilgandi), gas station lar, sartaroshxona, Walgreen, umuman hammasiga navbatma-navbat kirib chiqaverdim. Birovlar studentlarni ishga olmaymiz deyishdi, birovlan "fluent English" talab qilishdi, birovlar Driver’s License so‘rashdi, birovlar so‘kdi, yana birovlar 2-3 varoqlik tayinsiz savollarga liq to‘la Application to‘ldirishni majburladi (oxirgi ish joyimdagi kollegamning iti Chorshanba kuni ertalab qanaqa ovqat yeyishligi mening ishga joylashishimga qanday aloqasi bor ekanini umuman tushunmadim men). Eng asosiysi esa, yana o‘sha o‘sha Social Security raqami yo‘qligi bilan bog’liq bo‘lgan rad javoblari edi. "Olive Garden" restoraniga kirdim. Qaerga kirsam Manager yoki Administrator bilan gaplashishni so‘rardim: — Hello. Can I talk to your manager please? (58-inchi marta aytayotgan bo‘lsam kerak shu jumlani deb qo‘ydim ichimda). — Sure, - deb, bu ayol yonidan o‘tib ketayotgan huddi o‘ziga o‘xshagan ofitsant bolani to‘xtatdi. Ular ham mendaqa foydasizlardan charchaganidan, soniyalar ichida biri ikkinchisini boshlig’iga aylanardi qolardi. Borib, boshlig’ini bezovta qilib, keyin undan bezovta qilganligi uchun gap eshitib yuradimi? Oldida turgan kishi salomlashishdan u yog’iga o‘ta olmaydigan kelgindi bo‘lsa yana... — Yes, how can I help you, sir, - dedi shumtaka yigit sir boy bermay... — No... OK... I want to talk to your manager’s MANAGER, - dedim ayolga. Ayol norozi bo‘lib, boshlig’ini chaqirib keldi. — Here, fill this out please, - deb boshlig’i ham surib qoldi. Application to‘ldirishda ancha tajriba yig’ib qo‘ygandim. Boshida har bir katakni "husni xat" yozuvida to‘ldirgan bo‘lsam, endi ism-sharifimdan ikkita ikkita harf yozib ketadigan bo‘ldim (misol uchun, Anvar Sanayevni "AV SN" deb qisqartirgandek). To‘g’ri-da, agar ularga haqiqatdan ishchi kerak bo‘lsa ularga mening ismim ham, davlatim ham, qaerda turishim ham kerak emas. O’zim kashf qilgan shu oltin qoidaga asoslanib, "Olive Garden" restoranining Applicationini ham bir zumda to‘ldirib tashladim. — Sorry, sir, you did not indicate your hobby down there, - deb ayol bo‘sh joyni ko‘rsatdi. — Oh, I am sorry, can I borrow your pen please, - deb, CAPS LOCK ni qo‘shib turib yozdim... — Ehm... "TO FIND A JOB?!", - dedi tajovuz qilib boyagi ayol. Men esa allaqachon chiqish eshigi oldiga yetib ulgurgandim. Application axlatga uloqtirildi... Havo harorati kundan kunga isib borayotganday tuyulardi... Yana 5 kun o‘tdi, ishdan darak yo‘q... Yaqin atrofdagi joylarni hammasiga kirib chiqqanligim sababli, uzoqroqdagi joylarga borishga to‘g’ri keldi. Yayov yuraverib, oyoqlar ham rosa charchadi. Alfredga borib, valasipedini olishga qaror qildim. Kun botayotgandi... Downtownga borib, Alfred ko‘rsatgan ko‘chani topdim. Bahaybat-bahaybat qoravoylar u burchakda basketbol o‘ynashardi. Meni ko‘rib, o‘zlaricha hazil qilib, gurullab kulib ham olishdi. Bu burchakda tamaki tutatgan 2-3 ayol – sochlari huddi zooparkdagi to‘tilarni rangiga o‘xshardi. Ochig’ini aytsam, "durag" va mayka kiyib olgan negrdan rosa qo‘rqardim. Bu ko‘chaning yarmi shunaqalardan iborat edi. Bitta ishongan qurolim - Social Security Office da yirtib olingan, "Alfred" va uning telefon raqami yozilgan bir parcha qog’oz edi. Ko‘chani oxiriga yetay deb qolgandim. Yana yurishga qo‘rqib, o‘tgan kungi Korvet yo‘qligiga ishonch hosil qilgach, uyga qaytishga qaror qildim. "Hey, come here" degan ayol ovozi eshitildi. G’ira-shira bo‘lganligi uchun va ayolning erkaklashib ketganligidan (to‘qol, sochi yo‘q ayol), oldimga kelayotgan kishini erkak deb o‘ylabman. "Botirlik", "dovyuraklik" va "qo‘rqmaslik" hislatlari o‘g’il boladagi baland binolar bo‘lsa, mana bu ro‘paramda turgan ayol yaqinlashib kelayotgan 9 ballik zilziladek tuyulardi. "You lost?", - deb, telefonining ekrani meni yaxshiroq ko‘rish uchun basharamga yaqinlashtirdi. "This... this...", - deb, qaltirab-qaltirab, qog’ozni berdim. Amerikada mahalliy halq uchun men o‘zbek emas, balki millionlagan "Latinos"lardan biri ekanligim esimga tushib, Los Angeles dagi qoralar va ispan tillilar orasidagi tugab bitmas qirg’inbarotlar hayolimdan o‘tardi... — You lookin’ fo A-fred? — Yes. MY FRIEND Alfred! Alfred is my FRIEND! — Okay... [qo‘ng’iroq qila boshladi] Yo, Fred, where are you? Dis young man is lookin’ fo ya... Yeah... Yeah... [menga qarab] whach your name? — Russian guy... — You comin’ here tonight, homie? Oh, wid her? OK... Yeah... Yeah, gotcha... [telefon yopildi] So, he said he is wid his gurl... Come tomarrow at noon. He said he will give you sumthin’... — Senk yu verri mach.... Senk yu... [joning sog’ paytida quyon bo‘lib qol] Amerikada pul daraxtda o‘smasligini bilardim-u, lekin ish topish bunchalik qiyin bo‘lmas deb yurardim. Downtown inggayam, Amerikanggayam, qoravoylaring-u, mashinalaringgayam... Eee, menga shu kerakmidi, a? Hozir qishloqdagi sinfdosh-ulfatlarim mazza qilib cho‘milib, tarvuz-u shashlikni yeb yurishibdi. Men esa sarson-sargardon bo‘lib, birovni yurtida azob chekib yuribman. Qarz pulga olingan ovqatning ham ta’mi boshqacha bo‘larkan... O’tmaydi-da hech narsa...

  It could have been worse, John. A lot worse.

Comments