2-kurs boshlanganiga bir oy bo‘lar-bo‘lmas qaysi fan qiyin, qaysi fan oson, qaysi biridan necha baho olishim tayin edi. O’qishga bo‘lgan avvalgi jo‘shqin qiziqishdan asar ham qolmagandi. Hayot yana stagnatsiya fazasiga o‘tayotgandek tuyulardi.
Bir kuni do‘konchadan yegulik olayotib, Amerikaga talabalar jo‘natayotgan programmaga ko‘zim tushib qoldi. Telefon raqamlarini yozib olib, yotoqxonadan telefon qildim. Programmada qatnashish uchun puldan boshqa hammasi bor edi... 60 ta stipendiyani yig’sam, kerakli summani jamlab qo‘yar ekanman, lekin bir yilda 12 martagina stipendiya berilardi-da...
Shunday qilib, qurulishga borishga qaror qildim. 1-2 joyga borib ko‘rsam, ishlasang faqat kunduzi ishlaysan, bo‘lmasa ish yo‘q deyishdi. Kunduzi darslarim bo‘lganligi uchun menga tungi ish kerak edi. Bo‘sh vaqtlarimda yollanma ishchi bo‘lib, yuk tashidim, gazeta tarqatdim, ofislarni tozaladim, hech qanaqa foydasi yo‘q "сетевой marketing" treninglarida ham qatnashishga ulgurdim. Topgan pulim esa qo‘lga yuq ham bo‘lmadi. Qish kelsa bunaqa ishdan mayib bo‘lishim turgan gap edi.
— ...
— Ada, shuncha kerak. Amerikaga ketmoqchiman kelasi yozda...
— Qayoqqa? Nimalar deyapsiz, Toybola?
— Amerikaga! Amallab beringlar, iltimos. Qaytarib beraman kelganimdan so‘ng.
— Ehe, bo‘lsa uyni ta’mirdan chiqarib olmasdikmi? Ahvolni tushunib turibsan-ku... O’quv yiling boshlangandan beri senga ham pul yubora olmayapmiz...
— Mendan havotir olmanglar... pul yetadi... Yangi yilgacha so‘rab-surishirib ko‘ra olasizmi u-budan?
— Hozir kim beray deb turibdi, bolam... O’qishing yaxshimi?
— ...
Dialog samarasiz yakunlandi. ATS dan yotoqxonaga ketayotib "Rus ruletkasi" shaydosi Silyani ko‘rib qoldim. Mening ahvolim unikini oldida "shokolad" edi: MGUda o‘qiydigan uchrashib yurgan qizi bilan urushgan, kazinoda 600$ yutqazgan, kompyuterini monitori ishdan chiqqan... Unga ham, menga ham ish kerak bo‘lganligi uchun ikkimiz tez til topishdik. Restoran va mehmonxonalardagi yaxshi ishlarni chaqqon talabalar o‘quv yili boshida egallab bo‘lgandi.
"Kecha men pul yutqazgan kazinoga barmen kerak, ish kerak bo‘lsa shu yerga bor", - dedi Silya.
http://www.youtube.com/watch?v=E8lIBs3dbJI
Baribir ishga olmaydi, anketa to‘ldirsam to‘ldiribman-da deb borib keldim. "Ish tajribasi" degan qismiga kelganda qishloqda sinfdoshlar, ulfatlar va qavm-qarindoshlarnikida to‘y-ma’rakalarda qilgan xizmatlar yodimga tushidi. Restoran deb, qo‘shtirnoqqa qishloq nomini yozib, yoniga boshimga kelgan sanalrini yozib qo‘ydim. Ertasi kuni kelishimni so‘rashdi.
Pit-boss chiqib, to‘g’ri "Генеральный менеджер" oldilariga kirishimni aytdi. 35 yoshlardagi tatar kishi adashim bo‘lib chiqdi. Matematika va qishlog’im haqida biroz gaplashib, oylik maosh 200$, olti kunlik ish, ish vaqti 19-00 dan ertalabki 6-00 gacha ekanligini, uydan olib ketib/uyga olib kelib qo‘yish shartlarini aytdi.
Tatar kishi oylik berishdan oldin (konvertda berilardi) kim qanday ishlaganini analiz qilib, qayerda kamchiliklar bo‘lganini ko‘rsatib turardi. Birinchi oy natijasi: 200$ oylik, 100$ bonus va keying oyning oyligi 300$ ga ko‘tarildi. Ikkinchi oy natijasi: 300$ oylik, 100$ bonus va 500$ oylik maosh bilan diler bo‘lish taklif qilindi (bosh tortdim). Uchinchi oy – 300$ oylik, 200$ bonus va uyga qilingan qo‘ng’iroq:
— ...
— Oyi, o‘qishlarim zo‘r. 1-yarim yillikni "5" baho bilan tugatdim – "повышенная стипендия" berishadi. Yozda Amerikaga ketyapman... Uch oydan beri tungi ishda ishlab yurib, anavi aytgan programmani pulini to‘lab qo‘ydim. Borib-kelish chiptasini olsam bo‘ldi, viza olishga elchixonaga yuborishadi. Rostini aytsam, buzuq odamlardan charchadim, boshqa u yoqqa oyoq bosgim yo‘q. Haromga bo‘ynimgacha botib bo‘ldim, vijdonim chidamayapti. Yordam berib yuboringlar, iltimos...
Trubkadan faqat yig’i eshitilardi... Nimagayam aytdim deb rosa afsus tortdim...
Oyim boshqa shu ishxonaga bormasligimni so‘rab, ikki kun ichida chipta olgani pul yubordi. Shu kundan boshlab oyim bilan har kuni kechga ishda emasligimni isbotlash uchun telefonda ikki daqiqa bo‘lsa ham gaplashib olardik...
Bu odamni taniysizmi? Hozir axvoli yaxshimi?
ReplyDeleteЙўқ, шахсан таниш эмасман.
Delete