Al-Qalam


Al-Qalam – Android telefonlari uchun Qur'on va Hadis to'plami programmasining ilk versiyasini rosa bir xafta avval Android Marketga taqdim etgan edik. Programma ikki qismda chop etildi: Al-Qalam, asosiy programma hamda Al-Qalam Data Pack Installer, ma'lumotlar bazasini yuklovchi yordamchi paket.

Umumiy hisobda ikkala paket Android Marketdan 340 marta saqlab olingan (o'zimizning 1-2 ta test qilish uchun saqlab olishlarimiz bilan birga:). Shulardan 129 tasi xanuz programmalardan foydalanishda davom etayotganligi ko'rinmoqda (reported). Ya'ni 35+ foiz foydalanuvchi, har qancha kamchiliklarga ega bo'lmasin, programmadan foydalanishda davom etmoqda. Bu, albatta, biroz bo'lsa-da ishlarni davom ettirishga bo'lgan rag'batni oshiradi.

Shu o'rinda eslatib o'tish kerak, Al-Qalam ochiq kodli programmadir. Programma rivojida xissa qo'shmoqchi bo'lganlar uchun doimo eshigi ochiq :)

Quyida Al-Qalamdan screenshot namunalari:



Comments