Batch: .svn jildlari hamda Thumbs.db fayllarini o‘chirish

Koding va subVersion bilan ishlagan har qanday odamda shunday holatlar bo'ladiki, proekt jildi (folder) va ost-jildlaridagi barcha .svn va (mavjud bo'lsa) Thumbs.db fayllarni o'chirib chiqishga to'g'ri kelib qoladi. Menda ham shu, tez-tez boshimga tushib turadi :)

.svn jild va Thumbs.db fayllarni birma-bir qo'lda o'chirib chiqish ancha zerikarli ish, shuning uchun quyidagi "batch" programmani yozishga to'g'ri keldi. Balki kimgadir foydasi tegib qolar...

.svn jildlarni o'chirish:

FOR /F "tokens=*" %%G IN ('DIR /B /AD /S *.svn*') DO RMDIR /S /Q "%%G"


Thumbs.db fayllarni o'chirish:

FOR /F "tokens=*" %%G IN ('DIR /B /A /S Thumbs.db') DO DEL /S /Q "%%G"


Batch fayllarni saqlab olish:



Reference: http://www.microsoft.com/resources/documentation/windows/xp/all/proddocs/en-us/ntcmds.mspx?mfr=true

Comments