Eng mashxur onlayn magazin yasash programmalari

O'zbekistonda ITning kundan-kun rivojlanib borayotganligi barchaga ayon. Yangi-yangi hay-tek texnologiyalar, aparat-qurilmalar, veb texnologiyalar, simli/simsiz aloqalar... Shu jumladan ko'plab individual hamda kompaniyalar o'z maxsulotlarini onlayn magazinlarda taklif qilishni boshlashdi. Onlayn magazin yasashning bir necha usulda amalga oshirish mumkin: programmist va developerlarni jalb qilgan holda noldan boshlab yasash, onlayn magazin programmalari taklif qilayotgan kompaniyalardan sotib olish yoxud tayyor skriptlardan foydalanish. Shoyad UzNet'ga onlayn magazin taklif qilmoqchi bo'layotganlarga foydasi tegsa... Xullas, boshladik:

osCommerce


osCommerce
osCommerce eng mashxur bepul onlayn magazin yasash programmalaridan biridir. osCommerce juda ham ko'plab tillarda, pul birliklarida, qariyb barcha mavjud onlayn to'lov tizimlarida ishlaydi. osCommerce PHP/MySQL asosida tuzilgan va barcha turdiga magazinlarga xos shablonlari mavjud (ba'zi shablonlar pullik).

Zen Cart


Zen Cart
Zen Cart yana bir mashxur bepul onlayn magazin yasash programmasi. Zen Cart PHP/MySQL asosida tuzilgan, o'rnatilishi oson bo'lgan, bir necha darajali bo'limlar, mijoz va sotuv turlari, turli ko'rinishlar yordamida xizmat ko'rsatishga imkoniyat beruvchi EOKDT'ga mansub programmadir. Zen Cart ko'plab to'lov tizimlaridan foydalanishga imkon beradi hamda Zen Cart uchun bepul va pullik shablonlar mavjud.

VirtueMart


VirtueMart
VirtueMart ochiq kodli elektron magazin yasash dasturi bo'lib, u Joomla! yoki Mambo asosida yasalgan saytlarda foydalanish uchun yasalgan. Xuddi Joomla!/Mambo kabi VirtueMart ham PHP/MySQL asosida ishlab chiqilgan. VirtueMart 128-bitlik xavfsiz soket layer (https) himoyalanishni qo'llab-quvvatlaydi, turli soliq modellaridan foydalanish mumkin, foydalanuvchilarni ro'yxatdan o'tkazish, manzil, sotib olingan mollar tarixi, ko'plab tillar va pul birliklarida ishlashga imkoniyat beradi.

Ubercart


Ubercart
Ubercart - Drupal asosida ishlaydigan saytlarda to'laqonli onlayn magazin ochish uchun foydalaniladigan ochiq kodli dasturdir. Ubercart yordamida yasalgan magazinda turli mahsulotlar savdosidan tashqari pullik fayl saqlab olish xizmatlari (masalan, musiqa, kino, programmalar kabi) taklif qilinishi va xatto saytga kirish (login) ham pullik qilinishi mumkin. Ubercart ko'plab to'lov tizimlarida ishlay oladi.

WordPress e-Commerce Plugin


WordPress e-Commerce Plugin
WP e-Commerce WordPress ishqibozlari uchun haqiqiy sovg'adir. WordPress bilan ishlagan barchaga ma'lum, uning plaginlarini o'rnatish qay darajada osonlik bilan amalga oshiriladi. WP e-Commerce ham xuddi boshqa plaginlar kabi osonlikcha mavjud WordPress asosida yasalgan saytga o'rnatilishi mumkin. WP e-Commerce ko'plab mashxur to'lov tizimlari bilan ishlay oladi.

OpenCart


OpenCart
OpenCart yosh proektlardan biri, PHP/MySQL asosida ishlab chiqilgan ochiq kodli bepul dasturdir. Ko'rinishi juda sodda bo'lishiga qaramasdan onlayn magazin yasash uchun zarur bo'lgan barcha fazilatlarga ega. Ko'plab mashxur to'lov tizimlarida ishlaydi.

Magento


Magento
Magento - eng mashxur bepul magazin yasash programmalaridan biri (#1 mulohazaga qaralsin:). Bitta Magento tizimi orqali bir yoki bir necha magazinlarni boshqarish mumkin, ko'plab to'lov tizimlari, pul birliklarida ishlay oladi. Magazinni ko'p tillarda tashkil qilish ham mumkin. Magento PHP/MySQL asosida ishlaydi.

PrestaShop


PrestaShop
PrestaShop yana bir yosh proektlardan biri. EOKDT bo'lish bilan birga, juda ham kichik hajmli va yengildir (1.1 versiyasi 2MB atrofida). Bir qancha to'lov tizimlarida ishlaydi, xususan, O'zbekistondagi hozirgi holat uchun juda ham mos bo'lgan, COD - buyurtma manzilga olib borilgach to'lovni amalga oshirish tizimi ham mavjud.


Agar ro'yxatda siz bilgan boshqa EOKDT'ga mansub elektron magazin yasash programma(lar) kiritilmagan bo'lsa, bu haqida bildiring. Ro'yxatga kiritib qo'yamiz :)

Comments

  1. Ro'yxatda Magento (www.magentocommerce.com/) ko'rinmaydi-mi? U ham mashxur e-commerce dasturi hisoblanadi.

    ReplyDelete
  2. ancha kerakli ma'lumotlar berilibdi, ma'lumotlarga rahmat

    ReplyDelete
  3. Shuhrat Dehkanov21/1/09 00:14

    @Behzod: Raxmat. Magento'ni ham qo'shib qo'yamiz.

    @Naimjon: Salomat bo'ling :)

    ReplyDelete
  4. Ma'lumot uchun rahmat! foydasi tegdi.

    PS: Manam Magentno'ni birinchilardan bo'lib ko'raman deb o'ylagandim :)

    ReplyDelete
  5. Manga Ejey Programmasi kerak Ahmadjon_mamadiy@mail.ru ga Jo'nating iltimos

    ReplyDelete
  6. Shuhrat Dehkanov27/1/09 03:38

    Otabek, salomat bo'ling.

    Ahmadjon, "Ejey Programmasi" nima degani? :)

    ReplyDelete
  7. Master aka, sahifangiz anchadan beri jim-jit. O'zingiz tuzukmisiz? Quriyada nima gaplar?

    ReplyDelete
  8. Shuhrat Dehkanov19/4/09 22:11

    Assalamu alaykum Muhammadiy,

    Menda hammasi joyida, alhamdulillah. Quriya sekin krizisdan chiqyapti :)

    Blogda maqola yozishga hafsala bo'lmayapti...:)

    ReplyDelete

Post a Comment

Gapdan oling :)