Do‘stim, .tel noming nima?

2008 yil 3 Dekabrdan boshlab yangi TLD, .tel, uchun ro'yxatdan o'tkazish boshlanadi.

Ushbu TLD'ning boshqalaridan eng katta farqi shuki, ma'lumotlar uchun xosting DNS'ning o'zida bo'ladi. .tel'ning asosiy maqsad va vazifalari quyidagichadir:

  • Kompaniya, tashkilot va shaxslarning barcha aloqa vositalari hamda ma'lumotlarini (manzil, tel/faks, IM, VOIP, veb/e-mail, ijtimoiy netvorklar v.h.k) bir joyda integratsiya qilish;


  • Aloqa vositalari ma'lumotlarini bevosita internetda chop etish (real-time);


  • Shaxsiy va tijoriy ma'lumotlarni himoya qilish;


  • Kompaniya va shaxslarga bog'lanishning qulaylashtirish;


  • Mobil uskunalar orqali ma'lumotlar olishga global sharoit yaratish;


  • Ko'p tillik, izlash sistemalariga moslashtirilgan ma'lumot yetkazish.



.tel TLD uchun ro'yxatdan o'tkazish 3 bosqichda amalga oshiriladi:

  1. Sunrise - birinchi bosqich, "Tong". Bu bosqichda faqatgina davlat(lar) ro'yxatidan o'tgan savdo markalari egalarigina qatnasha oladilar va domen ro'yxatdan o'tkazish murojaatlari maxsus guruh tomonidan tekshiruvdan o'tkaziladi. Yuqorida aytilganidek, bu bosqich 3 Dekabrdan boshlanadi.


  2. Landrush - ikkinchi bosqich, "Hamla". Bu bosqichda .tel domenlari maxsus (qimmat) narxlarda taklif qilinadi hamda eng kam ro'yxatdan o'tkazish muddati 3 yil bo'ladi. "Hamla" bosqichi barcha uchun ochiq bo'lib, 2009 yil 3 Fevraldan 23 Martgacha davom etadi.


  3. General Availability - uchinchi bosqich, "Umumiy ro'yxatdan o'tkazish". Bu bosqich 2009 yil 24 Martdan boshlanadi va barcha uchun ochiq bo'ladi. Domen ro'yxatdan o'tkazish, umumiy qoidalardagi kabi, eng kamida bir yillik muddat bilan amalga oshiriladi.



.tel uchun ro'yxatdan o'tkazish hali boshlanmagan bo'lsada, Telnic saytida ushbu TLD qanday ishlashini sinab ko'rishingiz mumkin: shuhratdehkanov.vip.tel

Quyida esa .tel'ning promo videosini tomosha qilishingiz mumkin:

Comments

  1. Registratsiya 3-fevraldan boshlanibdi: http://www.reggi.ru/coming-soon/tel/

    ReplyDelete
  2. Shuhrat Dehkanov8/2/09 23:55

    To'g'ri, 3 Fevraldan "Hamla" (2 chi punkt) bosqichi boshlangan.

    ReplyDelete

Post a Comment

Gapdan oling :)