Windows XP da yo‘llanmalar ko‘rsatgichini tiklash

Windows XP gacha bo'lgan Microsoft Windows oilasiga tegishli operatsiyon tizimlarda shortcut (ярлык) ikonkalarining ustida kichik ko'rsatgich paydo bo'lib qoladi. Misol uchun quyida Denwer uchun shortcut'lar, fayl ikonkalarining chap quyi qismidagi ko'rsatgichlarga e'tibor bering:

Denwer shortcuts

Windows XP ning so'nggi chiqqan apdeytlaridan keyin ana shu ko'rsatgich yo'q bo'lib qoldi. Bu juda ham ko'p foydalanuvchilar tomonidan ko'rsatgichlarni ma'qul ko'rilmasligi hamda uni yo'q qilishning har xil usullari o'ylab topilganidan so'ng Microsoft tomonidan olib tashlangan ko'rinadi. Biroq buni qarangki, u ko'rsatgichlar bo'lmasa shortcut bilan haqiqiy faylning ko'rinishida farq qolmas ekan.

Which one is a shortcut?

Bunga avval e'tibor qilmagan edim, toki bir tanishim ushbu ko'rsatgichlar yo'qolib qolganligi hamda ularni tiklay olmayotganligi haqida menga bildirmaguncha. Xullas, shortcut arrows ni tiklash uchun ushbu .reg faylni Windows XP reesteriga import/merge (слияние) qilinsa bas.

Now I can see you, my shortcut!

Comments