Simulatorlar: o‘quv yurtlarida qo‘llash perspektivalari

Bundan ikki oycha avval infoCOM.UZ "IT-jurnalistikasi sohasida milliy mukofot" maqolalar tanlovini e'lon qilgan edi. Kamina ham ushbu tanlovga ozmi-ko'pmi o'z xissamni qo'shish uchun "Simulatorlar: o‘quv yurtlarida qo‘llash perspektivalari" nomli maqola topshirgan edim. Mana bugun maqolam infoCOM.UZ saytida chop etilibdi. Kimda-kim qiziqsa marhamat, maqola mana bu yerda, o'qib chiqishi mumkin.

Aytib qo'yay, maqolada texnik terminlarga biroz ko'p joy ajratilgan. Shuning uchun ba'zilarga sal tushunarsiz bo'lishi mumkin.
Xullas maroqli mutolalar :)

11 soat keyin: Aytganchi tanlov natijasi May oyining so'nggida ma'lum bo'ladi.

Comments

  1. Tanlov natijasi nima bo'ldi?

    ReplyDelete
  2. Assalomu alaikum. Maqolangiz mazmun jihatidan qiziq va dolzarb. O'ylaymanki, siz bergan fikrlar O'zbekistonda amalga oshirilsa aholining bilim saviyasi yanada oshadi.

    Ammo maqolangizdagi berilgan ma'lumotlar hammaga ma'lum bo'lsada uning ilmiy darajada bo'lishi uchun iqtiboslari ham bo'lishi kerak. Ba'zi ma'lumotlarning iqtiboslari borku ammo, "hammaga ma'lum" bo'lgan, faqat haqiqatda hammaga ham ma'lum bo'lmagan masalalarda iqtibos berilmagan.

    BUndan tashqari, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatini ko'rsatishning o'zi yetmaydi. Bergan ma'lumotlaringizni qaysi tadqiqodchining ishidan olganingizni ko'rsatishingiz kerak. Bu mualliflik huquqini su istemol qilmaslik uchun qilinishi kerak.

    Ikkinchidan, maqolangizda umumiydan ko'ra ko'proq aniqroq faktlarni bersangiz yanada foydaliroq maqola bo'lishi mumkin. Masalan, simulyatorlarning "real ob'ektlarga nisbatan juda ham arzon alternativ" degan jumlangizni oldingi tadqiqitlardagi faktlardagi qanchalik arzon yoki optimal ekanligini ko'rsatganingizda o'quvchi uchun simulyatorning qanchalik ahamiyatliligi yanada tushunarli bo'lardi.

    Umid qilaman yuqorida aytganlarim foydali bo'ladi.

    Alloh ishingizda rivoj bersin.

    ReplyDelete
  3. Shuhrat Dehkanov14/6/08 04:36

    Va alaykum assalam someone,

    Fikrlaringizga qo'shilmasdan iloji yo'q, haqiqatdan ham iqtiboslarni ko'rsatmagandim. Bunga eng katta sabab (bahona) maqolaning shoshilinch ravishda yozilganligidir. Bu kamchiliklarni maqolani tanlovga topshirgandan keyin tushunib yetgan bo'lsamda, ularni to'g'irlab keyin qayta yuborishga imkoniyat bo'lmadi.

    >Ikkinchidan, maqolangizda umumiydan ko’ra ko’proq aniqroq faktlarni bersangiz yanada foydaliroq maqola bo’lishi mumkin...
    Bu jihatiga e'tibor bermagan ekanman, diqqat-e'tiborimni jalb qilganingiz uchun tashakkur. Jazakallohu hoyr :)

    ReplyDelete

Post a Comment

Gapdan oling :)