Olti darajali oraliq, kichik dunyolar yoxud Erdos raqami

Universitet networking darslaridan birida Garvard universiteti professori Stanley Milgramning "Six degrees of separation" - "Olti darajali oraliq" teoriyasi bilan tanishib chiqqan edik. Men uchun bu teoriya yangilik hamda qiziqarli bo'lganligi sababli Siz azizlar bilan ham baham ko'rish istagi tug'ildi.

Xo'sh, Olti darajali oraliq teoriyasi nima haqida? Professor Milgramning ta'kidlashicha dunyodagi harqanday ikki insonning o'rtasida yuzma-yuz tanishlar oralig'i 6 ga teng. Albatta bu raqam o'rtacha hisobdir. Ya'ni albatta biz inson sifatida yuzma-yuz tanish bo'lganimiz shaxslar juda ko'p, shu bilan birga o'rtadagi yuzma-yuz tanishlar zanjiri yuzlab kishilardan iborat bo'lgan juftliklar ham mavjud. Ammo o'rtacha hisobdagi "olti" raqami men uchun xayron qolarlik darajada kichik bir sondir. O'zbekiston prezidenti bilan Respublikaning harqanday fuqarosi orasida olti kishigina bor. Orqavarotdan, shunchaki nomini eshitgan, televizorda ko'rgan, internetda rasmiga ko'zi tushgan emas, balki aynan yuzma-yuz tanish bo'lgan 6 kishi.


Faraz qila olyapsizmi? Dunyodagi barcha insonlar 6 kishidan iborat oraliq masofada yashaydi. Ushbu teoriyaga ko'ra Tibetdagi buddist ibodatxonasi xizmatkori bilan Andes tog'larida (Chili) yashovchi cho'pon orasidagi masofa 6 ta yuzma-yuz tanish kishilardan iborat. Eskimo (Chukcha) bilan Aborigen (mahalliy Avstraliyalik). Barcha-barcha. Xuddi shuning uchun ham, "Olti darajali oraliq" teoriyasiga asosan, biz juda ham kichik dunyoda yashaymiz. Shunchalik kichikki, 6 milliard inson qariyb hammasi bir-biri bilan yuzma-yuz tanish.

G'arb olimlari mashxur Vengriyalik matematik olim Paul Erdos sha'niga "Erdos raqami" - Paul Erdos bilan o'rtalarida masofani hisoblashni yo'lga qo'yishgan. Shundayki, Paul Erdos bilan birgalikda ilmiy maqola yozgan shaxslarning "Erdos raqami" birga teng (Paul Erdosning "Erdos raqami" nolga teng:). Erdos raqami birga teng bo'lganlar bilan birgalikda maqola yozgan kishilarniki esa 2 ga teng v.h.k.
Paul Erdos umri davomida 1500 atrofida maqola yozgan. 511 kishi u bilan ham-mualliflik qilgan, bular "Erdos raqami" birga teng bo'lgan shaxslar. Ushbu 511 kishi bilan ham-muallif bo'lgan kishilarning esa "Erdos raqami" 2 ga teng, 2007 yilgi hisobga ko'ra bular 8162 kishidan iborat. Ushbu 8162 kishi bilan ham-mualliflikda maqola yozganlarning "Erdos raqami" 3 ga teng bo'ladi v.h.k.
Erdos number

Comments

  1. Abdulaziz28/4/08 20:41

    2008-olimpiada o`yinlari xitoyda boshlandi lekin dunyoning ayrim davlatlarida bunga juda ko`p odamlar qarshi chiqishdi. Biroq hozir olimpiada mashalasi Yaponiya poytaxti Tokyo shahriga yetib keldi

    ReplyDelete
  2. Shuhrat Dehkanov29/4/08 02:47

    Yaxshiyu, lekin olimpiadani maqolaga qanday aloqasi bor?

    ReplyDelete

Post a Comment

Gapdan oling :)