Maqola yoz - noutbukka ega bo‘l!

infoCOM.UZ - O'zbekiston axborot kommunikatsiya texnologiyalari jurnali "IT-jurnalistikasi sohasida milliy mukofot" tanlovini e'lon qildi. (asli e'lon 3 kun avval chiqib bo'lgan:). Tanlov haqidagi rasmiy xabar bilan bu yerda tanishishingiz mumkin, rus tilida o'qish qulay bo'lganlar mana bu yerdan o'qib olishlari mumkin.
Maqola yoz - noutbukka ega bo’l

Tanlov shu yilning 12 martidan 16 mayigacha davom etadi. Tanlovda istagan odam qatnashishi mumkin: bitta sharti tanlov uchun maxsus maqola yozilishi kerak. Xohlovchilar o'z maqolalarini 10 maygacha editor@infocom.uz manziliga elektron formatda yuborishlari lozim (Maktub sarlavhasiga "Tanlovga" deb yozish esdan chiqmasin:).

Maqolalar mavzusi - axborot texnologiyalari. Mavzular axborot texnologiyalarining O'zbekiston Respublikasida hozirda qo'llanilishi yoki kelajakda tatbiq etilishi istiqbollari borasida bo'lishi mumkin. Maqola hajmi ko'pi bilan 20 000 belgidan iborat bo'lishi mumkin, ammo maqolalar soni chegaralanmangan. Maqola o'zbek yoki rus tillarida yozilishi mumkin.

Eng muhimi yutuq uchun ikkita ASUS-X50N noutbuklari qo'yilgan. Qisqacha noutbuk haqida:


  • Ikki yadrolik AMD Turion 64 X2 TK-53, 1.7 GHz protsessor


  • 15.4" TFT ekran (WXGA 1280x800 ASUS Color Shine/ASUS Splendid)


  • DDRII 667 2GB RAM


  • SATA 120 GB HDD


  • Integrated nVidia GeForce Go 7000


  • 8xDVD-SuperMulti Double layer - ikki qatlamlik DVD disklarni yozishga mo'ljallangan drayv (drive)


  • High Definition Audio/2 speakers/mic


  • Integrated Wi-Fi 802.11b/g, Bluetooth v2.0 (+EDR), 10/100 Mbps LAN card, 56 Kbps modem


  • 1.3 Mega pixel webcam


  • USB2.0, SD/MMC/MS/MS Pro/xD card reader


ASUS-X50N

ASUS-X50N back view

ASUS-X50N noutbugida 3 soatgacha batareyada ishlash mumkin. Noutbukning batareykalari bilan birgalikda umumiy og'irligi 2,65 kg, hajmi 365~367x262x27~35 mm. Noutbuk bilan birgalikda optik sichqoncha hamda noutbuk uchun maxsus sumka ham beriladi.

Bu hali hammasi emas :)
Tanlovda jami uchta nominatsiya mavjud va har bir nominatsiya bo'yicha uchtadan mukofot qo'yilgan. Ular quyidagicha:

  • "2008 yil IT-jurnalistika sohasida milliy mukofot" nominatsiyasi. Axborot texnologiyalari to'g'risidagi eng yaxshi maqola muallifiga beriladi.
    Mukofotlar:

    • 1 o'rin - tanlov bosh mukofoti ASUS X50N noutbugi

    • 2 o'rin - shaxsiy kompyuter

    • 3- o'rin - 150 ming so'm pul mukofoti




  • "Axborot texnologiyalari to'g'risida o'quvchi va talabalar tomonidan yozilgan 2008 yilning eng yaxshi maqolasi" nominatsiyasi. Mualliflari o'quvchi va talaba hamda magistrant bo'lgan maqolalar uchun beriladi.
    Mukofotlar:

    • 1 o'rin - tanlov bosh mukofoti ASUS X50N noutbugi

    • 2 o'rin - shaxsiy kompyuter

    • 3- o'rin - 150 ming so'm pul mukofoti




  • "www.uforum.uz forumida ovoz berish natijalari bo'yicha axborot texnologiyalari to'g'risida eng yaxshi maqola" qo'shimcha nominatsiyasi. Mukofot sovrindorlar www.uforum.uz forumining maxsus bo'limida maxsus ishtirokchilar tomonidan ovoz berish yo'li bilan tanlanadi.
    Mukofotlar:

    • 1 o'rin - 200 ming so'm pul mukofoti

    • 1 o'rin - 100 ming so'm pul mukofoti

    • 1 o'rin - 50 ming so'm pul mukofoti




Xullas, Maqola yozing va noutbukka ega bo'ling!

P.S. Tanlov haqida savollarga rasmiy javob lozim bo'lsa uforum.uz dagi mana bu mavzuda so'ralishi mumkin.

Comments

  1. Yaxshi fikr. Qatnashib ko'ramizmi? =)

    UzBloggerga copy&paste qilsam bo'ladimi? =)

    ReplyDelete
  2. Shuhrat Dehkanov17/3/08 19:11

    Bloglar haqida yozsammikan deyaptudim :P

    Bemalol ko'chirish, o'zgartirish, qog'ozga bosib chiqish, bozorda sotish, xatto o'chirib yoki yoqib tashlash mumkin =))

    ReplyDelete
  3. abdulaziz30/4/08 17:27

    Yigirma birinchi asrdan boshlab butun dunyo juda rivojlanib ketdi.Hozirgi kunda olimlar kozi ko`r odamlarga ko`rish moslamasini yaratishibdi.bu moslama QORA KOZOYNAK bolib uning ustki qismiga ko`rish kamerasi o`natilgan.Bu moslama atrof muhitni juda yaxshi ko`rsatmaydi.Lekin kelajakda olimlar bu ko`rish moslamasini yanada rivojlantishmoqchi.

    ReplyDelete
  4. Shuhrat Dehkanov30/4/08 17:41

    LOL. Abdulaziz - bu O'zbekcha yozadigan SPAM BOT!? Die baby :)

    ReplyDelete
  5. Bilasizlarmi? "Tanlov" natijalari qachon chiqadi?

    ReplyDelete
  6. Shuhrat Dehkanov29/5/08 19:23

    Sardor, tanlov natijalari bugun e'lon qilinishi kerak.

    Uzr, kech ko'ribman savolizni...

    ReplyDelete
  7. Shuhrat Dehkanov5/6/08 18:30

    Tanlov natijalari: http://uz.infocom.uz/more.php?id=297_0_1_0_M

    ReplyDelete

Post a Comment

Gapdan oling :)