Mozilla Firefox brauzerining hamma bilgan yaxshi xususiyatlaridan biri "tabbed browsing" - "oyna ichida oyna"dir. Veb sahifalarni o'qish va internetda ishlash borasida birnecha "tab" - oynachalar ochishga to'g'ri kelib qoladi. Shu bilan bir paytda komputerni qayta ishga tushirish yoxud ish joyini tashlab ketilgach o'rtada elektr tokining uzilishi yoki boshqa biror sababga ko'ra komputer o'chib qolishi holatlari yuz beradi. Bunday holatda Firefox o'xirgi bor ochiq bo'lgan "tab"larni eslab qoladi hamda keyingi safar ishga tushirilganda avval ochiq bo'lgan oynachalarni qayta yuklashni maslahat beradi.
Firefox 2 dan foydalangan vaqtlarda komputerni qayta ishga tushirishga to'g'ri kelib qolsa, ataylab Firefox'ni o'zim yopmasdan to'g'ridan-to'g'ri komputerni o'chirardim. Sababi Firefox bunday holatda komputer bexosdan o'chib qolgan deb tushunib ochiq bo'lgan "tab"larni eslab qoladi va keyingi safar ishga tushganda ularni qayta yuklashni taklif qiladi.
Firefox 3 xanuz Beta 2 statusida, lekin unda endi "tab"lar borasida yana bir qo'shimcha funksiya mavjud: bir necha "tab"lar ochiq bo'lgan holatda foydalanuvchi Firefox ishini tugallamoqchi bo'lsa, ochiq turgan oynachalarni eslab qolish yoki qolmaslikni so'raydi. Agar eslab qolishini tanlansa keyingi safar Firefox ishga tushirilganda ularni o'zi qayta yuklaydi. Ba'zan ishlarim chala qolganda aynan shu bir necha ochiq oynachalarni yo'qotmaslik uchungina komputerimni yoqiq qoldirar edim. Endi esa Firefox 3 bilan bemalol brauzerim ishini tugatib, ochiq "tab"lar yo'qolishidan ko'ngil xotirjam komputerimni o'chirib keta olaman.

Men eng userlar uchun yaxshi browser deb Maxthon2'ni tavsiya etardim. O'zim ha shu browserni mana 4-5 yildan beri ishlatib kelaman. Avvallari u MyIE shaklida edi. Keyin Maxthon bo'ldi, keyin uniyam kuchaytirib, Maxthon2 qilishdi.
ReplyDeleteTabbing, grouping, favorites management, form fields, identity protection, mouse gestures, shortcut keys, CPU usage, download management va boshqa yana ko'o'o'o'p qulayliklari borki, bu ushbu browserni eng qulay browserlar qatoriga qo'yadi.
Internet Explorerning yadrosi orqali ishlaydi. Windows tizimida ishlaydi. Har xil tillar, skin'lar, Add-on va pluginlar bilan keladi.
WEbSAYT: www.maxthon.com