Chat, e-mail, forumlarda foydalaniladigan qisqartmalar

IRC, Google Talk, MSN va Yahoo kabi bevosita muloqoti (messenger), e-mail hamda forumlarda foydalaniladigan qisqartmalar (acronyms) bilan qariyb barchamiz duch kelganmiz. Ushbu qisqartmalar muloqotdoshlarga ba'zi ma'lumotlarni qisqa usulda yetkazishda qo'l keladi. Faqat bitta manfiy tomoni bor: ular ingliz tilidagi so'z va iboralarning qisqartmasi. Bu ingliz tilini bilmaydiganlar uchun ancha eslab qolishga va tushunishga qiyinchilik uyg'otadi. Shuning uchun qaysidir ma'noda ba'zi ko'p qo'llaniladigan qisqartmalar uchun o'zbekcha "o'rinbosar"larga ehtiyoj bor. Bu yerda ulardan ba'zilarini berib o'taman. Tarjima kaminaga tegishli:
brb -> mh/mhk: men hozir/men hozir kelaman
bbl -> mkk: men kechroq kelaman
ttyl -> kg/sbkg: keyin gaplashamiz/sen\siz bilan keyin gaplashaman\miz
afaik -> mb: meni bilishimcha
back -> mshy: men shu yerda

cu/cya -> kh/bh: ko'rishguncha hayr/bo'pti hayr
imo/imho -> mf/mof: mening fikrimcha/mening ojizona fikrimcha

Comments