Thetan XII


Biz yashaydigan "kondo"larning (condominium) birida Marokashlik Abdulaziz aka xotini va ikki bolasi bilan yashardi. U Hampton shahrida ishlardi, lekin uni ikki martagina ko‘rganman (kelganimdan keyin, bir hafta o‘tmay Hamptonga ko‘chib ketgandi). Williamsburgda halol go‘sht sotiladigan joy yo‘qligini aytib, menga ikki kilocha halol mol go‘shti olib kelib bergandi. Parkda ishni boshlab olib, birinchi dam olish kuniga ham yetib kelgandim. Juma kuni ertalab halol go‘shtdan sho‘rva qilib, tushga tomon Juma namozi o‘qigani masjid qidira boshladim. Yuraning kompyuteridan Williamsburgga eng yaqin masjid Chester shahri tomondagi, John Tyler avtotrassasi bo‘yidagi "Masjid Abdul Aziz Islamic Center of Williamsburg" ekanini aniqlab oldim. 45-50 daqiqalik yo‘l ekanligini chamalab turib, 12 lar atrofida valasipedni minib, yo‘lga otlandim.

Xarita


Na qo‘l soatim, na telefonim borligi sababli, qancha yurib, qancha vaqt o‘tganini hech bilolmasdim. Jon-jahdim bilan yo‘lning ikki tomoniga qarab, masjidni ko‘rinmaguncha bosaverdim. Svetoforda tursam, birovlar telefonini chiqarib, suratga tushira boshladi. Hayron bo‘ldim... Biroz yurib, egnimdagi yashil (bright green - salatoviy) rangli futbolka, tagimda pushti rangli velik odamlarga qiziq tuyulgan bo‘lsa kerak, deb o‘ylab qo‘yib bosaverdim. Oldimdan katta ko‘prik chiqdi, menimcha yo‘lda ko‘prik yo‘q edi... Yana biroz o‘rmonli yo‘lda yurgach, "Chester city" degan yo‘l chetidagi belgi ko‘rindi. Masjid ortta qolib ketganligi aniq edi. Namozga ulgurmayman deb, shoshmay orqaga qaytaverdim... Biroz yurgach, oq yaktak kiygan 50 yoshlar atrofidagi kishi hijobli ayol bilan mashinada kichik burilishdan kirib ketayotganini ko‘rdim. Shu tomonga borsam, 4-5 ta mashina turibdi. Nariroqda arabcha yozuv ko‘rindi.

Ko'rinmay qolgan burilish


Kechikmagan bo‘lsam bo‘ldi deb velikdan sakrab tushib, tez yurib borayotib, masjid yonida ko‘zoynakli, qurollangan ikkita Sheriff ga ko‘zim tushdi (biri ayol, ikkinchisi erkak). Yo orqaga qaytishni bilmay, yo olg’a yurishni bilmay, velikni shu yerga yotqizib, masjid tomon yo‘l oldim. Officer lar indashmadi. Masjid ichida arabcha yo‘g’on tovushda ma’ruza yurardi. Noqulay kichik joyda tahorat olib, eshikni ochay desam, ushlag’ichi yo‘q ekan. Sekin itarib ko‘rdim, ochilmadi. Tortib ko‘rdim ochilmadi. Mayli, birov kelib qolsa kirib ketarman deb, yonimdagi kitob javonidan Qur’oni Karimni olib, o‘qiy boshladim. Avvallari yoddan bilgan eng yaxshi ko‘rgan suralarimdan biri, Mulk surasining biroz qismi yoddan ko‘tarilganligini angladim... Oxirgi oyatlarga yetay deganda azon aytila boshladi. U yoqdan esa ikki birodar kirib kelib, nega kirmay ostonada o‘tirganimni so‘roq qildi. Eshik yon tomoga itarilib ochilar ekan... "Eee, qishloqi" deb qo‘ydim o‘zimga...


Juma o‘qildi. O’qilgan suralar, qilingan duolar qishlog’imdagi Jom’e masjidini eslatib, bir zumga o‘zimni uydagidek his qildim. Chiqib qarasam, anavi ikki Sheriff hali turishibdi. "Hello" deb qo‘ydim. Ayol kishi tishini ko‘rsatmay yarim kulib, saloming qabul qilindi degandek, boshini qimirlatib qo‘ydi. Pushti velikni ko‘tarishim bilan orqadan kulgu eshitildi. 35 yoshlar atrofidagi soqol qo‘ygan, rosa tosh ko‘targan sariqroq aka bilan qoraroqdan kelgan, sochi kalta, basketbolchilarga o‘xshagan yana bitta aka yaqinlashib kelardi...

 — Assalam aleikum, brother. Is this yours (bike)?
 — Waaleikum assalam. Yes...
 — Your sisters’?
 — No, mine...
 — [hahaha], where are you going?
 — Williamsburg...
 — Where exactly?
 — Merrimack Trail...
 — Oh, is that XYZ exit?
 — What is Exit?
 — Nevermind... This is our truck, hook up your bike, we will drop you off... we are heading to Hampton...
 — No, I am ok, thanks...
 — Come on, bro! You will cycle for an hour to get to your home...
 — Alright...
 — Are you Mexican?
 — I am Uzbek... Do you know Uzbekistan?
 — Is it in Asia?
 — Yeah...
 — OK... I do not know that, but that bike is hilariously funny. Where did you buy it?
 — It’s a gift.
 — From whom???
 — A black man...
 — [hahaha]... so, what do you here?
 — I work in Water Coutry.
 — Cool. How often do you visit this mosque?
 — First time... I came here a month ago, so...
 — Oh, OK. Green Card?
 — No, J-1. You?
 — Yeah, I am from Iraqi Kurdistan, came here a couple of years ago. Got Green Card, wife, living a pretty sweet life...

Dialog shu tariqa davom etdi. Ko‘p narsa o‘rgatishdi, telefon raqamini qoldirishdi. Pulim bor yo‘qligini so‘rashdi. "Johillar" bilan turayotganimni bilib, o‘zlari tomonga ko‘chishni taklif qildi. Williamsburgda musulmonlar yo‘qligini aytishdi...

Uyga keldim... O’zim bilan olib kelgan, hali umuman ochilmagan Qur’onni olib, bir yarim porasini o‘qib, qaytalab oldim...



Comments