Thetan VIII

http://www.youtube.com/watch?v=dvMgn9XgSyI

Richmond dan chiqqan avtobus Virginia Beach tomon ketayotib, kichkina bekatda to‘xtagandek meni va yana ikkita qoravoyni Williamsburgda qoldirib ketdi. Tanishim kelishini kutaverib, Transportation Center ni tarixidan tortib, qaerda nima bor ekanligigacha yodlab olgandim.

2 bedroom (3 xonali) kvartirada to‘rtta bo‘lib turishayotgan ekan, men beshinchisi bo‘lib qo‘shildim. Dushanba bo‘lishi bilan-oq, ertalab turib Busch Gardens ga bordim. Menda ulardan offer bo‘lmaganligi uchun, navbatga turishimni so‘rab, "list of available positions" qog’ozini berishdilar. Ichidan o‘zim tushunmaydigan bittasini tanlab qo‘yaverdim (Merchandise Operations).
Semizroq kishi chiqib, ism-sharifimni o‘qishga uringanda foyda yo‘qligini anglagach, harflab o‘qiy boshladi. U o‘tirgan "cubicle"ga borib, hujjatlarni berdim.

— No Social Security?
— I will get it soon.
— How soon?
— Maybe in 10 days.
— Give me the list of available positions... Hmmm, this is gone, this is gone, this also... So, do you like cooking?
— No.
— Hmmm...
— I am good with numbers.
— Cool. You will be a cashier. Not in Busch Gardens, you will be joining a team in Water Country USA. Here’s your supervisor – Victor’s contacts.

Bu kishi turimni ko‘rib, ispancha biladi deb, Puerto Rikalik bolaga yubordi. Ha inson, hujjatlarimni registraciya qilganda davlatimni ko‘rding-ku, mantiq qani?

— Before you leave, take this paper. You will have to complete a two days training. But to do so, we will need your Social Security number in our database. Come back when you get the number.

Ish berishmadi, aldashyapti deb, Social qilgani Transportation Centre ga bordim. Williamsburg da Social Security Office bo‘lmaganligi uchun qo‘shni shahar – Newport News ga borishga to‘g’ri keldi.

Kutubxonadan manzilni yozib olib, "Grey Lane" avtobusiga o‘tirib, yarim soatdan keyin Newport News ga keldim. Shaharni umuman bilmaganligim uchun, yo‘lda "garage sale" (ishlatilgan asbob-uskunalar, qurol-yaroq hammasini topsa bo‘ladi) bo‘layotgan joydagi kishidan qanday qilib Jefferson Avenue 11706 borishimni so‘radim. Pul tejayman deb, yayov ketayotgandik-da. Qora tanli akaxonni nimalar deganini tushunmasdan, to‘g’ri yo‘l-ku, chiqarman bir joyidan deb, o‘z bilganimcha bosaverdim. 10-15 daqiqa yurar-yurmas mana bu ulov signal beryapti:

Kabrialet

— Are you WALKING to that place, my friend?, - dedi boyagi akaxon.
— Yes, - dedim, o‘zimcha 25 daqiqalik yo‘l yurib ketayotgandek.
— You are crazy, man. Jump in, - dedi-da, eshigini ochib berdi.

Bunaqa mashinaga o‘tirgandan keyin olaman deb rejalashtirgan valasipedlar hayoldan yashin tezligida chiqib ketadi-da...

— Where are you from?
— I am from Russia (-stan deba aytsam Afg’on deb eshitib, yo‘lda tushurib ketadi deb qo‘rqdim).
— Really?
— What?
— You are from Russia?
— Yes.
— Which part of Russia?
— Which part you know?
— Sakhalin, Vladivostok...
— No, you know Siberia? I am from southern Siberia.
— Oh, okay. What are you doing here?
— I am working at Busch Gardens (yo‘q ishni aytib, maqtanib oldim).
— Really? You like it?
— Yes...
— Where are you staying here?
— In Williamsburg. Merrimack Trial.

Shu bilan dialog ham ortga chiqa olmaydigan "tupikka" kirdi. Social Security Office ga kirib, nima qilishimni ko‘rsatdi-da, telefonim yo‘qligini bilgach bir parcha qog’ozga "Alfred" deb yozib, telefon raqamini berib, "Call me when you done" deb chiqib ketdi. Hujjatlarni topshirib chiqsam, meni kutib turibdi. Huddi boshlig’ini kutib turgan haydovchidek, eshikni ochib o‘tqizib, yo‘lga otlandik.

Yashash joyimni biladi, o'ldim deganda avtobusgacha olib boradi deb, erkin o‘tirib oldim. Cincinnati da qiynalganlarim haqqiga Hudo bir siylayapti-da deb qo‘ydim ichimda.

— I live in Downtown, - deb kayfni beliga tepdi.
— Williamsburg Downtown?
— Yeah.
— You going home now?
— Yeah, I will drop you off on Merrimack road.
— No, can you go to Downtown, because I have to use Internet in Public Library?
— OK, but don’t you have a bike or something?
— I will buy next week.
— Do you like my car?
— Yes. Expensive?
— 40 thousand.
— Where do you work?
— I am retired. I served in Vietnam.
— War?
— Yeah, killed 7 people... Do you have a girlfriend?
— Here? No.
— Russian girls are beautiful...
— You like Russian girls?
— Uh huh.
— You married?
— Nah... girlfriend... have two kids...
— Why not married?
— Wife’s a trouble...
— ...
— Look, I live on this street. I have one spare bike if you need, but cannot give you today. Come visit me some day, I will give you that bike. There is the Library. I gotta go...
— OK, senk yu, Alfred...

Yana bir kun o‘z nihoyasiga yetdi...

http://www.youtube.com/watch?v=qrGPxvL1_J0

Comments