Bu blog nega yangilanmaydi?

Blog yuritishga bo‘lgan qiziqish va xohish ancha susaygan.

Shaxsan menda bunday holatning yuzaga kelishiga blog strukturasining o‘ta jiddiy ekanligi sabab bo‘ldi. Blogda bir post yozish uchun unga mavzu tanlash kerak, teg tanlash kerak, maqola uchun bo‘lim tanlash kerak, maqola matni kiritish kerak... Bundan tashqari, so‘nggi paytlarda ko‘proq e‘tibor jalb qilayotganligi sababli, rasm/audio/video ham qo‘yish kerak. Xullas, ancha-muncha o‘ylanishdan tashqari, postning o‘zini yozish uchun ham bir muncha vaqt sarflash kerak.

Bu borada Twitter, Google+, Facebook kabi sotsiyal tarmoqlar juda qulay: hayolga kelganini bir chekkadan yozib ketaverasiz :)

Comments

  1. Нодирбек8/2/13 23:05

    Салом! Сизнинг Андроид учун тузган дастурларингиз билан танишиб чикдим. Сиз билан богланмокчиман - бизнес-таклиф бор.
    Агар сизга кизикарли булса - илтимос мен билан богланинг.
    senator-1980@mail.ru

    ReplyDelete
  2. Shuhrat Dehkanov9/2/13 00:17

    Ва алайкум ассалом.
    Блогимни қаердан топдингиз? Ўша ерда email адресим ҳам бўлиши керак эди :)

    ReplyDelete

Post a Comment

Gapdan oling :)