Windows: parazit saytlarni hosts fayli orqali blok qilish

Hozir veb saytlar olamida eng ko'p narsa nima? To'ppa-to'g'ri, "pop-up" - sakrab ochiluvchi oynalar hamda shunday saytlar orqali komputerga ilashib qoluvchi trojan, spyware, keylogger va yana bir qancha balo-badtar narsalar. Bulardan qanday qutilish mumkin? Eng yaxshi yo'li shunday "chap" (левый) saytlarga kirmaslik :) Lekin bu oson uslub har doim ham qo'l kelavermaydi, chunki ba'zan "chap" saytlarga


  • bilmasdan kirib qolasiz


  • aldanib, boshqa saytga kirmoqchi bo'lib kirib qolasiz


  • majburan, internetda nimadir izlayotib kirib qolasiz


  • yoxud ataylab kirasiz :)



Xullas, shaxsiy sabab va motivatsiyalaringiz nima bo'lishidan qat'iy nazar, komputerni har xil parazitlardan himoya qilish hech qachon zarar qilmaydi. Shunday himoya usullaridan biri parazit saytlarni hosts fayli orqali block qilishdir.

hosts fayli, C: Windows o'rnatilgan drayv deb olinganda, C:\Windows\system32\drivers\etc papkasida joylashgan (Windows XP/Vista/7). Aslida shu faylni notepad yoxud har qanday oddiy matn taxrirlovchi bilan ochib ichiga parazit saytlar ro'yxatini kiritib chiqish mumkin. Ammo bu usul ham uzoq vaqt oladi, ham bizga ma'lum bo'lmagan parazit saytlar ro'yxati juda uzun. Shuning uchun keng internet jamoatchiligi tomonidan yig'ilgan tayyor HOSTS faylidan foydalanamiz. Avval hosts.zip faylini saqlab olamiz, keyin esa o'zimiz yoqtirgan arxivlash programmasi orqali biror jildga barcha fayllarni chiqaramiz. Arxivning ichida 5 ta fayl bor (ba'zi komputerlarda .txt, .bat kabi fayl kengaytmalari ko'rinmasligi mumkin):

  • HOSTS


  • License.txt


  • mvps.bat


  • PrivacyPolicy.txt


  • readme.txt



Biz qilishimiz kerak bo'lgan yagona ish mvps (mvps.bat) fayliga sichqoncha bilan ikki marta bosishdir. Windows Vista hamda Windows 7 foydalanuvchilari diqqatiga: hosts fayli muvaffaqiyatli yangilanishi uchun mvps (mvps.bat) fayliga sichqoncha o'ng tugmasi bilan bosib "Run as Administrator..." menyusini tanlashlari lozim.
Shunda ko'k oyna ochilib, quyidagicha yozuv bilan tugallangan matn paydo bo'lishi kerak:

Previous version saved and renamed to HOSTS.MVP
Press any key to continue . . .


Tamom. Shu bilan olam guliston, internet olamida eng keng tarqalgan parazit saytlar blok qilingan bo'ladi :)

Albatta, bir-ikki oyda bir hosts.zip faylni yangidan saqlab olib, qaytadan yuklab turishni unutmang.

Comments