VLC player yordamida veb sahifalardan videolarni saqlab olish

Avvalgi maqolada Mozilla Firefox hamda Flashget yordamida veb sahifalardan videolarni saqlab olish usulini ko'rib chiqqan edik. Bu usul juda ham ommabop bo'lishiga qaramasdan, ba'zi saytlardagi videolarni saqlab olishda qo'l kelmaydi. Masalan, mana bu bog'dagi videoni Firefox/Flashget bilan saqlab olib bo'lmaydi. Ammo har qanday onlayn uzatilayotgan videoni qandaydir saqlab olish usuli doimo mavjud bo'ladi. Ana shunday usullardan biri VideoLan (VLC) media playerdan foydalanishdir.

Xullas, eng avval VLC Playerni saqlab olib o'rnatamiz. Microsoft Windows foydalanuvchilari Windows versiyasini saqlab olib o'rnatishlari kerak. Bundan tashqa VLC ko'plab boshqa operatsiyon tizimlarda ham o'rnatilishi mumkin.

Playerni o'rnatib bo'lgach, uni ishga tushiramiz. So'ng player yuqorisidagi menyudan Media (Rasm 1) -> Convert/Save -> Network: yuqoridagi bog' kiritamiz adresini -> Convert/Save -> Save (Rasm 2).

Shu bilan tamom, endi faqat videoni saqlanib bo'linishi kutish qoldi xolos :)

Rasm 1


VLC Player


Rasm 2


VLC player, Network address input

Comments

  1. [...] ham ko‘rsatadi. VLC Player yordamida onlayn uzatilayotgan videolarni ko‘rish, komputerga saqlab olish mumkin. Maqola Shuhrat Dehkanov tomonidan Juma, Oktabr 24, 2008, 02:34 sanasida yozildi. [...]

    ReplyDelete
  2. youtubedan ham shu usulda saqlab olsa bo'ladimi?

    ReplyDelete
  3. Shuhrat Dehkanov29/3/09 23:41

    Ha, albatta bo'ladi.

    ReplyDelete

Post a Comment

Gapdan oling :)