Mozilla Firefox hamda Flashget yordamida veb sahifalardan videolarni saqlab olish

Ushbu yo'riqnomada Google Video, Youtube kabi video serverlarda joylashgan videolarni qanday saqlab olishning bir usuli tushuntirilgan.

Videolarni saqlab olish uchun kerakli programmalar:

  • Flashget — saqlab oling va o'rnating.

  • Mozilla Firefox — o'zingizga kerakli OS va tilda saqlab oling. O'rnating.

  • Mozilla Firefox uchun qo'shimchalar — add-on'lari:


Yuqoridagi tartib muhim emas, ammo tartib bilan amalga oshirilsa ko'zda tutilmagan muammolar kelib chiqishi oldi olinadi.

Saqlab olish va o'rnatishlar tugatilgach Mozilla Firefox ochiladi, "adresnaya stroka"ni oldida DownloadHelper'ning belgisi paydo bo'gan bo'ladi (3ta sharchalar bir-biriga birlashtirib uchburchak yasalgan belgi). Shu belgiga sichqonchaning o'ng tugmasi bosiladi (right-click). Paydo bo'lgan menudan birinchisi tanlanadi (Preferences). Yangi kichik oyna ochiladi, u yerdan birinchi opsiyadan (Download mode) Flashgot deyilgani tanlanadi. OK tugmachasini bosib u yerdan chiqiladi.

Endi saqlab olmoqchi bo'lgan videoni tanlashimiz kerak. Masalan, aytaylik, Sysadmin va foydalanuvchi videosini saqlab olmoqchimiz. Sahifa ochilgach Play tugmachasiga bosiladi (alternativ ravishda tanlangan videoning o'ng past tomonidan "Go to Google Video" tugmachasi bosilsa ham bo'ladi).

Shunda "adresnaya stroka"ning yonidagi DownloadHelper'ning belgisi aylana boshlaydi. Uning yonida esa pastga qaragan strelka ham faollashadi. Shu strelkaga bosilsa ba'zan bitta, ba'zan esa birnechta fayl nomlari chiqadi. Ulardan "U" belgisiga o'xshash qizil strelkasi bori tanlanadi. Shunda Flashget avtomatik ravishda ishga tushib fayl saqlab olish oynasi ochiladi. OK tugmasi bosilsa video komputeringizga saqlanishni boshlaydi.

Izoh: Bu o'rinda bitta unsurni hisobga olish kerak: Google Video va unga o'xshash real-time streaming serverlardan dial-up'ga o'xshash sekin tezlik bilan katta hajmdagi fayllarni saqlab olib bo'lmaydi.

Comments

  1. [...] video menga juda yoqdi, qanday saqlab olsam bo‘ladi? Maqola Shuhrat Dehkanov tomonidan Yakshanba, Dekabr 2, 2007, 01:30 sanasida yozildi. [...]

    ReplyDelete
  2. [...] maqolada Mozilla Firefox hamda Flashget yordamida veb sahifalardan videolarni saqlab olish usulini [...]

    ReplyDelete

Post a Comment

Gapdan oling :)