Skip to content

Hikoya: qum o‘g’risi

Jazirama issiq yoz. Amerika qo‘shma shtatlari va Meksika chegarasi.

Juan ismli meksikali yigit yelkasida ikki sumka ko‘targancha mototsiklini “varrilatib” kelib to‘xtadi. Chegara posbonlaridan biri:
— Sumkada nima bor? – deya so‘radi.
— Qum, – javob qildi Juan.
— Qum?
— Ha, qum.

Posbon Juanning gaplariga ishonqiramancha go‘zlarini baqraytirib qaradi.
— Qani bu yoqqa olchi.
Sumkalarni ochib ne ko‘z bilan ko‘rsinki, haqiqatda qum ekan. Posbonlar har qancha sinchikovlik bilan titkilasa ham sumkalardan qumdan boshqa hech narsa topa olmadi. Chegara posbonlari hayron. Ha, rostda, kim jazirama issiqda terlab-pishib ikki qop qumni orqalab u davlatdan-bu davlatga tashiydi? Bu turdagi savollarga Juan bepisandgina:
— Sizlarga nima? Xohlasam qum tashiyman, xohlasam tosh. Bu meni hobbiyim, – kulimsiraydi u.

Posbonlar endi uni qo‘yib yuborishmoqchi edi, Juanni birinchi to‘xtatgan posbon bezovtalanib qoldi. “Bir balosi bo‘lmasa dalada quyruq ne qilur?” deya, sumkalarni qumlari bilan birga ekspertizaga yuborish kerakligini, ularning ichida narkotik bo‘lishi mumkinligini aytdi. Hamkasblari “Qo‘ysangchi shuni, aqli joyidamas shekil” deyishlariga qaramasdan o‘z gapida turib oldi. U yoqda sudrab, bu yoqqa sudrab – bir kunlik bosh og‘riqdan keyin ma’lum bo‘ldiki, sumkalarda qumdan boshqa hech narsa yo‘q ekan. Nailoj Juanni qo‘yib yuborishdi.

Oradan bir oy o‘tar-o‘tmas yana mototsiklini varrilatib chegarada Juan paydo bo‘ldi. Yana yelkasida ikki qop qum. Posbonlar hayron. O‘tgan safargi posbon Juanni turtkiladi, sumkalarni titkiladi. Hech vaqo yo‘q, faqat qum. Yana ishonmasdan ekspertizaga sudradi, yana top-toza qumdan boshqa hech narsa topilmadi. Nailoj yana Juanni qo‘yib yubordi. Bu holat bir necha yillar takrorlandi, har safar hech narsa topa olmay xunob bo‘lgan posbon nailoj Juanni qo‘yib yuborardi…

Vaqtlar o‘tib haligi posbon pensiyaga chiqdi. Bir kuni kafeda o‘tirib, oynadan tashqaridagi odamlarni tomosha qilardi. Ne ko‘z bilan ko‘rsinki, o‘sha Juan kafe tomonga kelardi. Juan to‘g’ri kelib bir stolga o‘tirdida, darrov kofe buyurtirdi. Pensioner posbonning o‘tgan ishlar xotirasiga kelib junbushga keldi. Sakrab o‘rnidan turdida bir zumda Juanning stoli yonida paydo bo‘ldi va uning yoqasidan siqib, bo‘g’a boshladi.

— Men bilaman, sen bekorga yelkangda qum tashimasding, sen o‘g’risan. Nima o‘g’irlarding?!
Nafasi qisilgan Juan:
— Bo‘ldi-bo‘ldi, yoqamni qo‘yib yubor aytaman.
— Xo‘sh? – dedi pensioner uning yoqalarini bo‘shatarkan.
— Men mototsikl o‘g’risiman. Mototsikl opqochardim.

Qissadan xissa: mayda-chuyda narsalarga emas, muammoning asosiy tashkil qiluvchilariga e’tibor qaratish lozim.

GD Star Rating
loading...
GD Star Rating
loading...

{ 5 } Comments

  1. Jimmy | Fri, 20.06.2008 at 23:06 | Permalink

    Qiziqarli, foydali hikoya. Juan keyingi safar Jeep o‘g’irlasa kerak. Hammerni tanlasin, yaxshi moshin

    GD Star Rating
    loading...
    GD Star Rating
    loading...
  2. Naimjon | Thu, 21.08.2008 at 02:34 | Permalink

    Usta o‘g’ri ekan :)

    GD Star Rating
    loading...
    GD Star Rating
    loading...
  3. Asror Toshev | Mon, 08.09.2008 at 20:33 | Permalink

    Bu hikoya menga boshqa bir hikoyani eslatdi. Xuddi shunga o`xshash voqea. Lekin bu Meksika chegarasida emas, balki sobiq SSSR davrida bir zavodlarning birida bo`lgan ekan. Zavodda bir ishchi har safar ahlat olib chiqib ketarkan. Qorovul ko`rgan mahal ko`nglida nimanidir sezar ekan, ya’ni ishchining harakati unda shubha uyg`otar ekanu, lekin nima ekanini bilmas ekan. Keyin bilsa, ishchi zambil-g`altakni olib chiqib ketar ekan, ahlat to`kaman deb.:)

    GD Star Rating
    loading...
    GD Star Rating
    loading...
  4. Avaz Ibragimov | Fri, 19.09.2008 at 20:10 | Permalink

    Mazza qilib o‘qib chiqdim :)

    GD Star Rating
    loading...
    GD Star Rating
    loading...
  5. Shuhrat Dehkanov | Mon, 22.09.2008 at 21:58 | Permalink

    Hikoya yoqqanidan xursandman :)

    GD Star Rating
    loading...
    GD Star Rating
    loading...

{ 1 } Trackback

  1. Qiziqarli bog’lar › avaz.blogger.uz | Fri, 19.09.2008 at 20:17 | Permalink

    [...] — Hikoya: qum o‘g’risi [...]

Post a Comment

Your email is never published nor shared. Required fields are marked *