WindowsXP: Language bar disappears after update

Yaqinda Windows XP apdeyt qilingach Taskbar'dagi Language bar yo'qolib qoldi. Boshqaruv paneli orqali ko'rinadigan qilsam ish stoli(desktop)da ko'rinyapti, ammo minimize qilinganda Taskbar'da turishni o'rniga yo'q bo'lib qolaverdi. Kamina 3 ta tildan foydalanman: Koreys, Rus va O'zbek (kiril) tillari. Shuning uchun Language bar juda muhim, tillarning qaysi biri faol ekanligini ko'rib-bilib turmasam ko'ngil joyiga tushmaydi.

Xullas Microsoft'ning saytidan masalaga yechim bo'ladigan hech narsa topolmadim, axiri Internetni titkilay-titkilay faqat Registry'ni taxrirlash yo'li bilan muammoning yechish usulini topdim. Registry'ga kiritilishi lozim bo'lgan kod quyidagicha:


Windows Registry Editor Version 5.00

[HKEY_CLASSES_ROOT\CLSID\{540D8A8B-1C3F-4E32-8132-530F6A502090}]
@="Language bar"
"MenuTextPUI"="@%SystemRoot%\\System32\\msutb.dll,-325"

[HKEY_CLASSES_ROOT\CLSID\{540D8A8B-1C3F-4E32-8132-530F6A502090}\Implemented Categories]

[HKEY_CLASSES_ROOT\CLSID\{540D8A8B-1C3F-4E32-8132-530F6A502090}\Implemented Categories\{00021492-0000-0000-C000-000000000046}]

[HKEY_CLASSES_ROOT\CLSID\{540D8A8B-1C3F-4E32-8132-530F6A502090}\InProcServer32]
@="C:\\WINDOWS\\system32\\msutb.dll"
"ThreadingModel"="Apartment"

[HKEY_CURRENT_USER\Software\Microsoft\Windows\CurrentVersion\Policies\Explorer]
"NoSaveSettings"=dword:00000000

[HKEY_CURRENT_USER\Software\Microsoft\CTF\LangBar]
"ShowStatus"=dword:00000004


Yuqoridagi kodni ko'chirib olib, oddiy matn faylga saqlash lozim. Matn faylining uzatmasi .reg qilib, keyin uni Registry'ga qo'shiladi (faylga sichqoncha o'ng tugmasi bilan bosib, Merge). Windows xavfsizlik xabari chiqarib, tasdiqlashni so'raydi: "Yes/Ha/Да" tugmasi bosilsa tamom. Muammo hal bo'ladi :)

English:
Download and run following registry key if you have encountered "language bar disappear" problem on Windows XP after an upgrade/update: restore-language-bar-on-windowsxp.reg

Comments

Post a Comment

Gapdan oling :)