MySQL'mi yoki My$QL?

Sun Microsystems Inc. internet olamida eng mashxur va keng tarqalgan ochiq kodli ma'lumotlar ba'zasi - MySQL AB'ni sotib oldi.
MySQL Enterprise

"Biz LAMP'ning M'iga bir milliard dollar tikdik" deb yozadi Sun'ning prezidenti Jonathan Schwartz o'z blogida. Internet jamoatchiligining bu voqeaga munosabati turlicha. Ba'zilar Sun'ning bu savdosidan juda xursand: "MySQL orqasida endi avvalgidan ham kuchli kompaniya bo'ladi", "MySQL yana ham keng rivojlanishida katta qadam bo'ldi" degan fikrlar bildirmoqda. Boshqalar esa MySQL'ning kelajagidan anchagina xavotirda: "1 milliard dollar pul sarflagan kompaniya internet texnologiyalarida keng foydalanilayotgan ushbu ma'lumotlar ba'zasining keyingi versiyalarini shundoq tekinga berib qo'yarmidi?", "MySQL'ni endi Sun ko'mib qo'ya qolmasa bo'lgani edi..." kabi fikrda bo'lmoqdalar.

Men ham ochiq kodli dasturiy ta'minotlarning katta qiziquvchisi va qo'llab-quvvatlovchisi sifatida, MySQL o'zining keng jamoatchiligi dastagidan ayrilib qolmasinda degan hayolga bordim...

Comments

  1. Menimcha, MySQL'ni pullik qilishni ilojisi yu. Uni kodi baribiram ochiq. Agar kim pullik qilsa, tayyor koddan foydalanib, boshqasi yana MYmySQL qilib GNU versiya yaratib qo'yadi.

    MySQLni sotib olgan kompaniya bu dasturdan marketing ishlarida foydalanishi mumkin: kompaniyaning obro'sini oshirish, stocklarini ko'tarish, odamlani tiliga tushish, kitoblarda yozilish va hkz.

    Yana qolganini vaqt ko'rsatadi...

    ReplyDelete

Post a Comment

Gapdan oling :)