Apple MacBook Air

Apple MacBook Air'ni e'lon qilganiga mana bir oy bo'ldi. techblog.uz - yangi texnologiyalar blogida bu haqida maqola chiqib qolsa ko'chirib olaman deb rosa kutdim, haligacha darak yo'q. Shuning uchun o'zim yozishga qaror qildim :)

Hozirgi kunda MacBook Air dunyodagi eng ingichka notebook hisoblanadi. Uning eng ingichka qismi 0.16 inch (4.064 millimetr), eng qalin qismi esa 0.76 inch (19.304 millimetr). Shu o'rinda aytib o'tish lozimki, MacBook Air'ning eng qalin qismi raqobatdosh notebook'larning eng ingichka qismidan ham yupqaroqdir. Air shunchalik kichikki, u xatto kattaroq maktub konvertiga sig'adi.
Manila Envelope
MacBook Air - closed view
MacBook Air'ning ba'zi xususiyatlari:


  • 5 soatlik batareyada ishlash

  • Multi-toch trekped (multi-touch trackpad)

  • 13.3" LED backlit ekran

  • 2GB RAM

  • 802.11n hamda Bluetooth 2.1 simsiz aloqa vositasi

  • iSight kamera

  • Standart 80 GB HDD yoki ixtiyoriy tanlov bilan 64GB SSD (bunisi 999$ turadi:)

  • Standart 1.6 GHz Intel Core 2 Duo yoki ixtiyoriy tanlov bilan 1.8 GHz Intel Core 2 Duo (+300$) protsessor


Yangi MacBook Air asosan ikki xil konfiguratsiya bilan sotilmoqda: bittasining narxi 1799$, ikkinchisi esa 3098$. Albatta mushtariylar shu ikki narxning o'rtasida bir narxga to'g'ri keluvchi konfiguratsiyani ham tanlashlari mumkin. Kichik, ammo chiroyli dizaynli kuchli texnologiya.

MacBook Air - slightly open view
MacBook Air - open back view
MacBook Air - open front view
MacBook Air - open view


Quyida ingliz tilida Apple MacBook Air haqida video-reklama:

[gv data="http://www.youtube.com/v/aoNm1ZzKV0E" width="425" height="366"][/gv]

Comments

  1. Abdugaffar19/2/08 19:41

    yahshi narsaykan bitta bitta olish kerakmi diymanda

    ReplyDelete
  2. Shuhrat Dehkanov25/2/08 08:09

    Abdugaffar, albatta :)

    ReplyDelete

Post a Comment

Gapdan oling :)