2016-10-13

Ўрта Осиё мамлакатларида 1960-2015 йиллар давомида аҳоли сони ўсиши

Бугун ажойиб саҳифа топиб олдим: Google Public Data. Қуйида ушбу саҳифадан бир парча:

Graph of population growth in Central Asia (1960-2015): Kazakhstan, Kyrgyzstan, Tajikistan, Turkmenistan and Uzbekistan.

2015-04-20

Artel Sentinel X bilan 3 kun

Mart oyining oxirida tanish-bilish akalar yordamida Artel kompaniyasining yangi smartfoni Sentinel X'ni sotib oldim. Telefon Koreyaga yetib kelguncha salkam 1 oy vaqt o'tdi.



Telefonni ilk qo'limga olganimda "Qoyil", dedim, "Kutganimdan ancha yaxshi ekan". Xatto, SIM karta slotiga vaqtinchalik SIM karta solib, "Yuqoriga qarating" deb yozib qo'yishgani aparatni yasashda qanchalik detallarga e'tibor berilganini bildirib turar edi.


Telefon yetib kelishidan avval Koreya operatorlarida ishlamay qolmasmikan degan andisham bor edi. Bejiz xavotirga tushgan ekanman: SIM kartamni aparatga qo'yib 2 marta o'chirib-yoqishim bilan ishlab ketdi.

Telefon foydalanuvchi interfeysi to'liq O'zbek tiliga tarjima qilingan, ammo juda ham ko'p yerlarni kontekstni hisobga olmasdan so'zma-so'z tarjima qilib ketilgan. Har holda, Akmal Xushvaqov kabi kompyuter programmalari interfeysini tarjima qilishda tajribaga ega usta tarjimonlardan maslahat olishmagani yaqqol ko'rinib turibdi.







Batareya, mening foydalanish tempimda, bir kunga bemalol yetdi. Ammo umuman ishlatmagan vaqtimda ham telefon chastotasi uchun ko'plab energiya sarflashi biroz ko'ngilni xira qildi. Bu har holda aparat Koreyada ishlatishga to'liq moslashtirilmaganidan bo'lsa kerak.



Sentinel X ilk e'lon qilinganda faqat 8 GB ligi sotuvga chiqqan edi. Ataylab 16 GB ligi chiqquncha kutib, shu versiyasini sotib olgan edim. Afsuski, Artel bu borada yo ishni to'g'ri qilishmagan yoxud foydalanuvchilarni hech tap tortmay aldamoqdalar.


Bo'sh vaqt tugamoqda! :)
Garchi telefonda foydalanish mumkin bo'lgan joy 10.94 GB deb ko'rsatilayotgan bo'lsa-da, bu bo'sh joy aslida tashqi (SD karta) xotirasidir. Ya'ni, masalan, Samsung telefonlariga tashqi SD karta solib ishlatasiz-ku? Xuddi shunga o'xshash oddiy tashqi xotira. Bu 10 GB joy to'lguncha programmalar o'rnata olishga imkon bo'lmaydi, degani. Kundalik foydalanadigan programmalarni birma-bir o'rnatib borish mobaynida, 3 kun bo'lmasdan "chegara"ga yetib borib qoldim.




Buyruq satri orqali "df" komandasini bajarish quyidagicha natija berdi:


E'tibor bering, /system qismiga atiga 1 GB joy ajratilgan; 11 GB joy esa SD karta! Nima uchun zamonaviy Android tizimlari kabi SD kartani emulatsiya qilib sistemaning (system) bir qismi sifatida ko'rinadigan qilishmaganini tushunmadim. Balki buni quyidagi tasvirdagi "USB xotira" funksiyasini qo'sha olish uchun qilishgandir, ammo, menimcha, bu funksiya telefonda istalgancha programmalar o'rnata olishni chegaralashga arziydigan fazilat emas.


Xullas, 3 kun deganda Sentinel X o'z vazifasini bajarib bo'ldi. Afsus.

2015-02-12

Thetan XII


Biz yashaydigan "kondo"larning (condominium) birida Marokashlik Abdulaziz aka xotini va ikki bolasi bilan yashardi. U Hampton shahrida ishlardi, lekin uni ikki martagina ko‘rganman (kelganimdan keyin, bir hafta o‘tmay Hamptonga ko‘chib ketgandi). Williamsburgda halol go‘sht sotiladigan joy yo‘qligini aytib, menga ikki kilocha halol mol go‘shti olib kelib bergandi. Parkda ishni boshlab olib, birinchi dam olish kuniga ham yetib kelgandim. Juma kuni ertalab halol go‘shtdan sho‘rva qilib, tushga tomon Juma namozi o‘qigani masjid qidira boshladim. Yuraning kompyuteridan Williamsburgga eng yaqin masjid Chester shahri tomondagi, John Tyler avtotrassasi bo‘yidagi "Masjid Abdul Aziz Islamic Center of Williamsburg" ekanini aniqlab oldim. 45-50 daqiqalik yo‘l ekanligini chamalab turib, 12 lar atrofida valasipedni minib, yo‘lga otlandim.

Xarita


Na qo‘l soatim, na telefonim borligi sababli, qancha yurib, qancha vaqt o‘tganini hech bilolmasdim. Jon-jahdim bilan yo‘lning ikki tomoniga qarab, masjidni ko‘rinmaguncha bosaverdim. Svetoforda tursam, birovlar telefonini chiqarib, suratga tushira boshladi. Hayron bo‘ldim... Biroz yurib, egnimdagi yashil (bright green - salatoviy) rangli futbolka, tagimda pushti rangli velik odamlarga qiziq tuyulgan bo‘lsa kerak, deb o‘ylab qo‘yib bosaverdim. Oldimdan katta ko‘prik chiqdi, menimcha yo‘lda ko‘prik yo‘q edi... Yana biroz o‘rmonli yo‘lda yurgach, "Chester city" degan yo‘l chetidagi belgi ko‘rindi. Masjid ortta qolib ketganligi aniq edi. Namozga ulgurmayman deb, shoshmay orqaga qaytaverdim... Biroz yurgach, oq yaktak kiygan 50 yoshlar atrofidagi kishi hijobli ayol bilan mashinada kichik burilishdan kirib ketayotganini ko‘rdim. Shu tomonga borsam, 4-5 ta mashina turibdi. Nariroqda arabcha yozuv ko‘rindi.

Ko'rinmay qolgan burilish


Kechikmagan bo‘lsam bo‘ldi deb velikdan sakrab tushib, tez yurib borayotib, masjid yonida ko‘zoynakli, qurollangan ikkita Sheriff ga ko‘zim tushdi (biri ayol, ikkinchisi erkak). Yo orqaga qaytishni bilmay, yo olg’a yurishni bilmay, velikni shu yerga yotqizib, masjid tomon yo‘l oldim. Officer lar indashmadi. Masjid ichida arabcha yo‘g’on tovushda ma’ruza yurardi. Noqulay kichik joyda tahorat olib, eshikni ochay desam, ushlag’ichi yo‘q ekan. Sekin itarib ko‘rdim, ochilmadi. Tortib ko‘rdim ochilmadi. Mayli, birov kelib qolsa kirib ketarman deb, yonimdagi kitob javonidan Qur’oni Karimni olib, o‘qiy boshladim. Avvallari yoddan bilgan eng yaxshi ko‘rgan suralarimdan biri, Mulk surasining biroz qismi yoddan ko‘tarilganligini angladim... Oxirgi oyatlarga yetay deganda azon aytila boshladi. U yoqdan esa ikki birodar kirib kelib, nega kirmay ostonada o‘tirganimni so‘roq qildi. Eshik yon tomoga itarilib ochilar ekan... "Eee, qishloqi" deb qo‘ydim o‘zimga...


Juma o‘qildi. O’qilgan suralar, qilingan duolar qishlog’imdagi Jom’e masjidini eslatib, bir zumga o‘zimni uydagidek his qildim. Chiqib qarasam, anavi ikki Sheriff hali turishibdi. "Hello" deb qo‘ydim. Ayol kishi tishini ko‘rsatmay yarim kulib, saloming qabul qilindi degandek, boshini qimirlatib qo‘ydi. Pushti velikni ko‘tarishim bilan orqadan kulgu eshitildi. 35 yoshlar atrofidagi soqol qo‘ygan, rosa tosh ko‘targan sariqroq aka bilan qoraroqdan kelgan, sochi kalta, basketbolchilarga o‘xshagan yana bitta aka yaqinlashib kelardi...

 — Assalam aleikum, brother. Is this yours (bike)?
 — Waaleikum assalam. Yes...
 — Your sisters’?
 — No, mine...
 — [hahaha], where are you going?
 — Williamsburg...
 — Where exactly?
 — Merrimack Trail...
 — Oh, is that XYZ exit?
 — What is Exit?
 — Nevermind... This is our truck, hook up your bike, we will drop you off... we are heading to Hampton...
 — No, I am ok, thanks...
 — Come on, bro! You will cycle for an hour to get to your home...
 — Alright...
 — Are you Mexican?
 — I am Uzbek... Do you know Uzbekistan?
 — Is it in Asia?
 — Yeah...
 — OK... I do not know that, but that bike is hilariously funny. Where did you buy it?
 — It’s a gift.
 — From whom???
 — A black man...
 — [hahaha]... so, what do you here?
 — I work in Water Coutry.
 — Cool. How often do you visit this mosque?
 — First time... I came here a month ago, so...
 — Oh, OK. Green Card?
 — No, J-1. You?
 — Yeah, I am from Iraqi Kurdistan, came here a couple of years ago. Got Green Card, wife, living a pretty sweet life...

Dialog shu tariqa davom etdi. Ko‘p narsa o‘rgatishdi, telefon raqamini qoldirishdi. Pulim bor yo‘qligini so‘rashdi. "Johillar" bilan turayotganimni bilib, o‘zlari tomonga ko‘chishni taklif qildi. Williamsburgda musulmonlar yo‘qligini aytishdi...

Uyga keldim... O’zim bilan olib kelgan, hali umuman ochilmagan Qur’onni olib, bir yarim porasini o‘qib, qaytalab oldim...



2014-11-26

Thetan XI

Social keldi. Kelishi bilan Busch Gardens ga ishni tayinini bilishga bordim. Umumiy savollarga javob berib o‘tirgan ayolga passportimni berib, hujjatlarni ikki hafta ilgari topshirganimni aytdim. Kompyuteridan bir narsa izlagandek bo‘lib, hamkasbiga qo‘ng’iroq qildi.

"We have three training session this week: today after 3 hours, Wednesday afternoon, and Friday in the morning.  Which one would you like to choose?", - deb menga savol berdi telefonni qo‘ymasdan.
"I will be ready for the one after 3 hours", - dedim. (Aytgancha, treyning sessiyalariga ham pul chiqardi.)
"OK, please sign him up", - deb, menga ikki yarim soatdan keyin Training Hall ga kelishimni aytdi.

Xavfsizlik qoidalari va mijozlarga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishga bag’ishlangan 4 soatlik treyningni ikki soatini qunt bilan tinglab, ikki soatini Serbiyalik Mladen bilan Sudoku o‘ynab o‘tkazdik. Shu kunni o‘zidayoq Mladen ikkimiz "drug test" va boshqa medik ko‘riklardan o‘tib, ishga tayyor edik. Men Water Country ga maxsus kiyim-kechak, ID, nametag (ismim va davlatim yozilgandi) olgani ketdim. Sherigim esa Busch Gardens da ishlaydigan bo‘ldi.

Area supervisors and inspectors:


Water Country katta akvapark bo‘lib, uning ichida 7-8 ta yirik yegulik do‘konlari va 20 ga yaqin kichik-kichik har xil shirinliklar va boshqa yeyishlik "snacks" sotilidaigan "stand"lar bor edi. Water Country dagi kadrlar tayyorlash bo‘yicha assistent menga Viktorni "Catalina" dan topa olishimni aytdi. Amallab topib bordim:


Hi, Veeeeektor. My name is X and I am not from Latin America.
Hey. I am Victooor, not Veeeeeektor. Let’s go to Daddy O’s, I will squeeze you into schedule. When can you start?
Tomorrow.
Alright... [Daddy O’s ga borib, kompyuterni ochdi]. OK, you will be working here (in Daddy O’s) from 3 PM till close. Right now the park is closing at around 9 PM. But from 15th of August it will start shifting down for an hour bi-weekly. Pick any two days off.
Monday and Friday.
Done. See you tomorrow then.

Uyga kelsam Yura xoxol qizlar mehmonga chaqirganligini aytib, u bilan borishimni so‘radi. "Братан, я устроился на работу!" dedim quvonchim ichimga sig’may.


Ishga joylashganligim bilan tabriklab, u menga mehmonga borishim shart ekanligini aytsa-da, uyda qolib, dam olishga qaror qildim. Xotirjam uxlamaganimga ham ancha bo‘lgandi. Yurani o‘tgan hafta Chililik qiz mehmon qilgandi, kecha Norvegiyaliklar bilan yurgandi, bugun Ukrainaliklarnikiga ketyapti. Tanishlari ko‘pligini aytib, yaxshi borib kelishini aytsam, u menga gap tanishlarda emas, Green Card da ekanligini aytib, miyig’ida kulib qo‘ydi...


Birinchi ish kunim har doimgidek qiyin jarayon bo‘lishiga tayyor edim. 20 yoshlar atrofidagi kelishgan qiz, Sara meni kutib olib, Daddy O’s ishchilari bilan tanishtirdi: 4 ta amerikalik, 2 ta polyak, ispan, kolumbiyalik, venesuelalik, qozoq, ruminiyalik bilan birga bir jamoa bo‘lib ishlashimni aytdi. Hammasi men qatori yigit-qizlar edi. Sara ikki kun tepamda turib, "cash register" bilan qanday ishlashni yaxshilab o‘rgatdi. "Formal" tildan "informal"ga bir soat ichida o‘tib ulgurgandik. Birinchi kuni uyga yarim tunda qaytdim. Agar birga ishlaydigan hamkasblar yaxshi bo‘lsa, ishdan umuman charchamas ekan odam. Pulni (cash register) 10 largacha topshirib, parkdan chiqib, 5-6 tamiz tun yarmigacha gaplashib o‘tirardik. Sara bilan suhbat qurish rosa qiziqarli edi. Ikkinchi kuni u ish davomida kelib, "just a precaution, don’t try to fall in love with me, I am a lesbian, hope you will understand" deb, yelkamdan qoqib qo‘ydi. Orqamda polyak Mateusz turgandi, "she means it", deb boshini qimirlatdi. "Break" paytida Mateusz ni bir chetga chaqirib olib, yana kim "noto‘g’ri yo‘nalishda"ligini so‘radim. Hayriyat, Saradan boshqa gey yoki lesbian yo‘q ekan. Umuman, ish emas turgan bitgani "fun" edi va bizga "fun" uchun yana pul to‘lashardi.


Lesbian yoki gey bilan ishlab, gaplashib ko‘rmaganligim sababli, uyga borib Yuradan ishda yoki do‘stlar davrasida o‘zimni qanday tutishni so‘radim. "Хехе, ты живешь с гейем уже больше 20 дней. Ведешь себя нормально..." deb qolsa bo‘ladimi. Kim gey deb so‘radim hovliqib. Qo‘shni xonadagi Dimo gey ekanligiga ishonmasdim...

"Юр, мне надо искать новую квартиру", - dedim xafa bo‘lib.
"А он на следующей неделе уезжает в Кали. Не потей", - deb kompyuterida ishini davom ettirardi u.


2014-11-25

Thetan X

Uyga kelsam, Yura yolg’iz o‘zi o‘tiribdi. Yura 30 yoshlar chamasidagi, Piterlik bola edi. Dadasi oyisi bilan ajrashib, 1995 yildan beri New York da yashardi. Shundan beri pul topib, oila boqish Yuraning zimmasiga tushgan ekan. Ikki yil oldin dadasi unga Green Card qildirib bersa-da, dadasi bilan bordi-keldisi yaxshi emasligini aytdi. Pindostan joniga tekkanligini aytib, 9-to-5 ishdan bezor bo‘lganligidan nolirdi. Piterga baribir bir kun kelib qaytishiga ishonardi. Chekmasdi, ichmasdi. Kvartirada u-bu buzilib qolsa, "maintenance"ni kutib o‘tirmay, o‘zi tuzatib tashlardi. "Пошли, погуляем" dedi, fotoapparatini olib.

Ты сам себя губишь, чувак. Как получишь Social, все будет чики-чики. Если с финансами проблемы, говори, репонусь. А пока наслаждайся жизьню, ты в АМЕРИКЕ! Кстати, я сегодня уволился с работы...

Yura bilan shu kuni tun yarmigacha yurdim. "По душам" gaplashib oldik. Bronx va Harlem ni ko‘rgan yigitga Downtownda qoravoylar mahallasiga tushganimni aytsam, zarracha ham qoyil qolmadi. U professional Parkour bilan shug’ullanishi aytib, yaqin joydagi supermarket territoriyasida mahoratini ko‘rsatdi. Quyida shu tundan rasm:


Ertasi kuni yonimizdagi Farm Fresh supermarketidan yegulik olib, sal nariroqdagi Pizza Hut ga kirib, ish haqida yana so‘radim... "Slow" deyishdi, ya’ni savdo yaxshi bo‘lmayapti degani. Kutubxonaga borib, ish izlab, keyin Alfreddan valasipedni olib ketish tushgacha qilinishi kerak ishlarim edi. Elektron pochtamni ochsam, oyim xat yozibdi. O’zim bilan ovora bo‘lib, uydagilar haqida umuman unutib yuborgandim. Oxirgi marta Cincinnati ga kelgan kunim "ishga joylashdim, hammasi zo‘r, havotir olmanglar" deb gaplashgan bo‘yi yo‘q bo‘lib ketganligimga, ikki mahalla naridagi internet bor uydan xat yozibdi... O’zimdan rosa uyalib ketdim...

Internetdan "Capitan George" restorani va "Great Wolf" mehmonxonalarida ish borligini bilgach, Alfreddan bugun velikni amallab olishim kerak edi. Uning mahallasiga kirgach, 4-5 uy narida o‘tgan kungini Korvet turganini ko‘rib hursand bo‘ldim. Eshigini taqillatib, biroz kutdim... Og’zi-burni qora qonga belangan Alfred velik bilan chiqib keldi...

— ... Hel...lo?
 — Here...
 — I can help you?
 — Just go...



Eshikni yopib, kirib ketdi. Nima bo‘lganini umuman tushunmadim. Vietnam qahramoni bo‘lishiga qaramay, ancha tetik kishi edi. Lekin bechoraning bugungi ahvoli ancha og’ir edi... Pushti velikni minib, borilishi kerak bo‘lgan joylarga borib, ishsiz qaytib keldim. Kechroq kecha Yura ko‘rsatgan futbol maydoniga borsam, bir to‘p Gvatemalaliklar futbol o‘ynashayotgan ekan.

"Can I play with you", - dedim darvozabonga borib.
"…" ispancha bir balolar dedi.
"No, no habla espanol, sorry", - dedim.
"Oh, no espanol?... Okkkey, ooookkkey...", - deb xafa bo‘lib qoldi. Yugurib borib, ingliz tili biladigan jamoadoshini chaqirib keldi.
"So, you think this is funny?", - deb, achchiqlana boshladi bunisi.
"Can I play?", - deb so‘radim hayron bo‘lib.
"So, where are you from again?", - dedi achchiqlanib so‘rashda davom etib.
"Russia", -...
"Oh, OK! Yes, this side", - dedi-da, yugurib ketdi...

Mendan boshqa hamma futbol kiyimlarida (raqam va ism yozilgan futbolkalar, getra, butsalar), "akang qarag’ay" esa "slansi"ni bir chetga yechib qo‘yib, yalang oyoq Jinsi (Jeans) shimda o‘yinga tushdi. "Pantalon" deb chaqirashardi jamoadoshlar. Til bilmaydigan odamga xohlaganlaricha laqab qo‘yib, rosa mazax qilishyapti deb o‘yladim (Каждый судит в меру своей испорченности-midi? Qoravoylarni "снегурочка" derdik biz). Ikki soatdan keyin men bu kishilarni umrimda boshqa ko‘rmasligim aniq bo‘lganligi sababli, bunga e’tibor bermay, to‘p surishda davom etaverdim... Ikkita gol urdim va ikkita ajoyib to‘p uzatib berdim...

Kechqurun Food Lion ga borib so‘nggi 30$ ning 10$ ga telefon kartochkasini sotib oldim. Yaqin joydagi taksafonga borib, uydagilarga Cincinnati daligimni, rohat qilib ishlab, yashab yurganligimni, 1000$ ga yaqin pul ishlab qo‘yganimni, ingliz tilim rivojlanayotganligini, tovuq yeb, kola ichib semirayotganimni aytib, fantaziyam yetguncha aldadim.

Velikni sudrab, futbolda tepki yegan chap oyoqni zo‘rg’a bosib, uyga jo‘nadim...


2014-09-29

Картоша - бу қўзиқорин

Ишонмайсизми? Мен ҳам бировдан бу гапни эшитсам ишонмаган бўлар эдим.

А. Мадвалиев таҳрири остида чиққан "Ўзбек тилининг изоҳли луғати"га кўра "картошка - илдизмевали қўзиқорин" экан.